13-Mavzu: Institutsionalizm yo’nalishini mohiyati va axamiyati Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar


Download 317.5 Kb.
bet12/19
Sana27.02.2023
Hajmi317.5 Kb.
#1234970
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
13-mavzu

Kommons merosi
Kommons “farovon davlat tomon harakat asoschisi”19 deb tariflanib kelingan. Madisonga kelganidan bir yil o’tib u gubernator La Foletga davlat xizmatlari qonunlarini yozishga yordam berdi; keyingi yillarda esa xalq daromadini nazorat qilish, sanoat xavfsizligi qoidalari, ishchilarni mukofotlash, bolalar mehnat huquqlari, ayollar uchun eng kam oylik ish haqi va ishsizlik nafaqalari haqidagi qonunlar yaratilishiga ta’sir etdi. Ishsizlik nafaqasining qonunlashtirilishi Kommonsning ijtimoiy qonunchilikdagi eng katta yutug’idir balki. Uning 1920-yilgi depressiyaga reaksiyasi va Yevropadagi ishsizlik nafaqalari dasturlarini o’rganishi uni Viskonsin qonunchiligi uchun qonunlar loyihaini tuzishiga sabab bo’ldi. Bu loyihaning ko’rinishlari qayta va qayta taqdim etilib, 1932- yilda Kommonsning sobiq talabasi Garold Groves, senator va jamoat mablag’ida iqtisodiyotni ixtisoslashtirish universitet professori, nihoyat uning so’nggi va tan olingan ko’rinishin taqdim etdi. 1934-yilda Ruzvelt Kongresni ishsizlik nafaqasi to’g’risidagi qonunni qabul qilishga chorlaganida, u qonunlar tuzishi kutilgan iqtisodiy xavfsizlik komitetini tuzdi; bu komitet rahbari, keyinchalik Viskons professori, Kommonsning talabasi E.E.Witte edi.
Kommonsning keyingi xizmatlari ijtimoiy islohtlardagi harakatlari bilan bog’liq. Viskonsin universiteti iqtisodiyot bo’limi dunyo bo’yicha iqtisodchilar tayyorlashning muhim markazlaridan biri sifatida tanilgan. Bir vaqtlar Viskonsin boshqa istalgan universitetlarga nisbatan eng ko’p doktorlik darajasi berar edi. Bundan ham muhimi, Kommonsning iqtisodiyotga o’ziga xos yondashuvi bo’lim matosiga ishlangan guldek edi; 1980- yillargacha “Viskonsin maktabi” yo’nalishi saqlanib qoldi. Bu endi oliy ta’lim dasturlarida ta’siri qolmagan Veblen va Mitchelga qiyoslaganda chuqur farq qilardi.
Austindagi S.E.Ayres boshchiligidagi Texas univarsiteti vs Allan Gruchi boshchiligidagi Mariland universiteti iqtisodiyot bo’limlari ham oz muddat ichida o’ziga xos noortodoksal yondashuvlarni yo’lga qo’ydi, lekin taqdim etilgan doktorlik darajalari va ularning ta’siri Viskonsin bilan solishtirganda kam edi. Viskonsin maktabi merosini tushunish uchun yuksak tarixiy yuksalish yoki ma’lum sohalarda tugallangan noortodoksal ta’limning markazlashuvini ko’rish mumkin. Viskonsin, Texas va Mariland universitetlari fakultetlarining kamchilik a’zolaridan tashqari ortokodsal ta’limotga qaytishgandek edi.
Kommons qarashlari boshqa universitetlarga olib ketilmadi, chunki Viskon-sinda iqtisodiyotdan ta’lim olganlar iqtisodiyot nazariyasidan ko’ra iqtisodiyotning amaliy sohalariga yo’naldilar. Ular hukumat ishlariga, tadqiqot agentliklariga va universitetlarga xizmat qilishdi. Mehnat, jamoat moliyasi, jamoat maishiy xizmat-lariga qiziqib ular ortodoksal nazariyaga, keyinchalik o’ziga xos mikroiqtisodiyotga kam e’tibor berishdi. Biz Kommonsning ortodoksal nazariyani tanqid qilganligini ko’rishimiz mumkin, lekin u vaqtining ko’p qismini ijtimoiy amaliy sohalar va islohotlarga bag’ishladi.
Kommonsdan chuqur qarzdor bo’lgan Viskonsin maktabi yo’nalishi Madison-dagi doktorlik dasturining Qo’shma Shtatlardagi boshqa universitet dasturlari bilan bir xil bo’lganidan so’ng yo’q bo’ldi. Kommons davrida va hattoki II jahon urushidan keyingi davrlarda ham Viskonsin universitetida bugungi kungi oddiy dasturlarda beriladigan o’rtacha ortodoksal ta’limotlar bilan ham doktorlik darajasiga erishish mumkin edi. Bu endi haqiqat emas. Shunday bo’lsada Kommonsning ta’siri natijasida ellik yillik davr davomida Viskonsin juda ko’plab iqtisodchilarni yetkazib berdi. Ular keyinchalik tadqiqot agentliklarida, hukumat va boshqa universitetlarda amaliy iqtisodiyot va ijtimoiy islohotlarga bo’lgan qiziqish-larini ko’rsatishdi.
Kommonsning uchinchi xizmati amaliy iqtisodiyot sohasida bo’ldi. Uning ustozi Richard T. Eli Jon Hopkinsdan Viskonsinga ko’chganida shogirdi bo’lgan Kommonsni ham olib ketdi. Eli mehnat harakatlari tarixi bilan qiziqardi va bu sohada hujjatlar to’plashni boshlagan edi. U Kommonsning bu ma’lumotlardan foydalanib Qo’shma Shtatlar aniq mehnat tarixini yaratishini istagandi, bu esa Kommonsning Viskonsindagi eng yaxshi o’quv davrlarini oldi. Bitirgan talabalari ko’magi bilan 1910-yilda Kommons Amerika sanoat jamiyatining hujjatli tarixi, o’n tomli mehnat tarixi haqidagi muhim ma’lumotlar beruvchi asarini nashr etdi. 1918- yilda ikki tomi, 1935-yilda esa yana to’rt tomi Qo’shma Shtatlar mehnat tarixi chop etildi. Kommons Qo’shma Shtatlarda tan olingan mehnat mutaxasisi, Viskonsin esa mehnat iqtisodisodchilarini tayyorlovchi yetakchi muassasaga aylan-di. Uning eng yaxshi bitiruvchisi Selig Perlamdir balki, uning Mehnat harakati nazariyasi (1928) hali hamon klassik asardir.

Download 317.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling