13-Mavzu: Institutsionalizm yo’nalishini mohiyati va axamiyati Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar


Download 317.5 Kb.
bet18/19
Sana27.02.2023
Hajmi317.5 Kb.
#1234970
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
13-mavzu

Muhokama uchun savollari
1. Institutsionalizmning paydo bo’lishining tarixiy-iqtisodiy shart-sharoitlari.
2. Nega institutsionalizm neoklassik nazariyaga muqobil hisoblandi?
3. “Institutlar” deganda nimani tushunasiz?
4. T.Veblenning “Bekorchi sinf” nazariyasidagi asosiy g’oyalar nimalardan iborat?
5. U.Mitchellning iqtisodiy tsikl nazariyasining o’ziga xosligi nimada?
6. J.Gelbreytning “texnostruktura” nazariyasining o’ziga xosligi nimada?
7. Konvergentsiya nazariyasini hozirgi zamonga bog’lab tushuntiring?
8. “Industrial jamiyatdan keyngi jamiyat” kontseptsiyasidagi asosiy g’oya nimaga qaratilgan?


14-mavzu MONETARIZM. NEOLIBERALIZM


Monetarizm konseptsiyasi va uning asosiy qoidalari
1950-1960-yillar davomida keynschilik ta`limotiga qarshi monetarizm ta’limoti yuzaga keldi. Uning asosiy vakillaridan biri bu –Milton Fridmen. Uning ta’limoti keynschilikga qarama-qarshi go`yadir. Keyns tomonidan yaratilgan konsepsiyada pulga hech qanday rol o`ynamagan va narxlarning tushishi uchun hech qanday ahamiyat kasb etmagan. Pulni yetkazib berish va narxlarning shakllanishi Keyns-ning tadqiqotlarida o`z ifodasini topgan. Ikkinchi jahon urishi davomida rivojlangan davlat g`aznasi va qayta ta`minlash o`rtasidagi kelishuvlarning birida shu narsaga kelishib olindi ya’ni, narxlarni eng past darajada saqlab turish uchun har qanday turdagi bondlarni sotib olish. Fidman buni bajarish uchun har qanday turdagi o`zgarishlarni amalga oshirgan. Monetaristlar shuni ta`kidlab o`tdiki davlatning iqtisodiyotda pulni yetkazib berish siyosati muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun monetaristlarning asosiy muomosi pul hisoblangan.34.
Monetarizm iqtisodiy ta’limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori, iqtisodiy sohasida Nobel mukofoti sohibi Milton Fridmen (1912) hisoblanadi. Monetaristlar ularni pul massasi bilan ishlab chiqarish o’rtasi-dagi bog’liqlikni aniqlash uchun tadqiq qildilar.
Monetarizm keynschilar ta’limotiga muqobil tarzda yuzaga kelgan bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariyadir. Bozor mexanizmi ustunligiga asoslangan M.Fridmen nazariyasiga ko’ra, erkinlik va xususiy tadbirkorlik o’rtasida ichki bog’liqlik mavjud. Faqat xo’jalik erkinligi sharoitida siyosiy erkinlikka, iqtisodiy samaradorlikka va tenglikka erishish mumkin.

Download 317.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling