13-mavzu: Kolloid sistemalarning olinishi va tozalash usullari


Download 161.9 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi161.9 Kb.
#1427757
  1   2   3   4
Bog'liq
3-Mavzu Kolloid sistemalarning olinishi

3-MAVZU: Kolloid sistemalarning olinish usullari.

REJA

  • Kolloid sistemalar olishning dispergasiya usuli.
  • Kolloid sistemalar olishning kondensatsiya usuli.

Kolloid sistemalarni olish uchun ikkita bir-biriga qarama-qarshi yo’llar bilan hosil qilish mumkin:
birinchisi – yirik zarrachalarni maydalashdan,
ikkinchisi – modda atomlari va molekulalari Van-Der-Vaal’s kuchlari ta’sirida birlashib, agregatlarga aylantirish.
Birinchi usul dispergatsion,
ikkinchisi – kondensatsion usullari deb aytiladi.
Kolloid sistemalarda dispers faza zarrachalarining o’lchamlari 1 nm dan to 100 nm gacha bo’lishi kerak. Zarrachalarning o’lchami ana shunday bo’lgan suyuq kolloid sistemani dispergatsion usul bilan hosil qilishning ikkita sharti bor:
birinchidan – dispers faza moddasi shu dispersion muhitda mumkin qadar kam eruvchan bo’lishi lozim;
ikkinchidan – sistemaga dispers faza va dispersion muhitdan tashqari yana uchinchi modda bo’lishi kerak. Bu modda kolloid zarrachalar sirtiga yutilib, dispers faza bilan dispersion muhit zarrachalari o’rtasida mustahkam bog’lanishni vujudga keltiradi. Kolloid eritmalarni barqaror qiladigan moddalar – stabilizator deyiladi.
Dispergatsion usulda kolloid eritmalar hosil qilish uchun qattiq jism stabilizator bilan birga kukun qilib maydalaniladi yoki elektr, yoxud ultratovush yordami bilan suyuqlik ichida kukunga aylantiriladi.
Dispergatsion usulda kolloid sistemani hosil qilish uchun qattiq jism stabilizator bilan birga kukun qilib maydalaniladi (ba’zan elektr toki yordamida) suyuqlik ichida kukunga aylantiriladi. Moddalarni maydalash va kukunga aylantirish uchun albatta ma’lum miqdor ish sarflash bilan amalga oshadi. Bu ish moddadagi molekulalararo kuchlarni uzishga sarf bo’ladi.
I. Dispergatsion usul
Dispergatsion usulda sarf bo’lgan to’liq ishning miqdori yangi hosil bo’lgan sirtga proporsionaldir:
A=K∙S
Zarrachalarning katta-kichikligi qancha mayda bo’lsa, sarf bo’lgan ishning miqdori shuncha katta bo’ladi.
Masalan, 1sm3 suvni maydalash uchun 4,2 J ish sarf bo’ladi.
Qattiq jismni kolloid zarrachalar o’lchamida maydalash uchun kolloid tegirmon va vibrotegirmonlar ishlatiladi. Kolloid tegirmonlarning har xil turlari bor,

Download 161.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling