13-mavzu: Kolloid sistemalarning olinishi va tozalash usullari


birinchi laboratoriya kolloid tegirmonini Veynmarn


Download 161.9 Kb.
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi161.9 Kb.
#1427757
1   2   3   4
Bog'liq
3-Mavzu Kolloid sistemalarning olinishi

birinchi laboratoriya kolloid tegirmonini Veynmarn tomonidan yaratildi, sanoatda ishlatiladigan kolloid tegirmonini esa – Pluazon yaratgan. Kolloid tegirmoni yordamida qattiq va suyuq moddalarni maydalash mumkin.
Kolloid tegirmonida kolloid eritmasi tayyorlanadigan modda avval maydalaniladi, suyuqlik (dispersion muhit) va stabilizator bilan aralashtiriladi, so’ngra u teshik (1) orqali tegirmonga solinadi.
Suyuqlik va uning ichidagi qattiq jism o’qqa o’rnatilgan kurakcha (2) yordami bilan tez aralashtiriladi (kurakcha minutiga 10 000-15 000 marta aylanadi).
Natijada suyuqlik va qattiq modda juda tez harakatlanadi va harakatsiz tishlar (3) ga kelib urilib, maydalaniladi.
Tayyor maydalangan mahsulot tegirmonning past qismidagi teshik (4) orqali chiqarilib olinadi.
Dispergatsion usulda metallarni elektr yordamida “changlatish” usuli ham misol bo’la oladi. Bu usulni 1898 yilda Bredig taklif etgan edi. Bunda kolloid eritmasi olinishi kerak bo’lgan metaldan yasalgan ikkita sim dispersion muhitga tushirilib, ularning biri elektr manbaning musbat qutbiga, ikkinchisi esa – manfiy qutbga ulanadi. Simlar bir-biriga tegizilib, elektr yoyi hosil qilinadi. So’ngra ular bir-biridan uzoqlashtiriladi. Bu vaqtda metall erituvchida changlana boshlaydi. Barqaror zol hosil bo’lish uchun ozgina ishqor qo’shilaqdi. Bu usulda asosan “asl metallarning” zollari olinadi.
Changlatish bilan kolloid eritma hosil qilishda avval metall bug’lanadi, so’ngra uning molekulalari o’zaro birikib, kolloid eritma zarrachalarini hosil qiladi; shuning uchun ham bu usul kondensatsion usullar qatoriga kiritiladi.
Kolloid eritmalar hosil qilish uchun ultratovush bilan “changlatish” usuli ham qo’llaniladi. Agar ultratovush to’lqinlari maydoniga bir-biri bilan aralashmaydigan ikkita suyuqlik solingan idish quyilsa, ikki suyuqlikning emulsiyasi hosil bo’ladi. Bu usul bilan ko’pgina moddalarning kolloid eritmalarining kolloid eritmalarini hosil qilish mumkin.

Download 161.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling