13-mavzu: Kolloid sistemalarning olinishi va tozalash usullari


Download 161.9 Kb.
bet4/4
Sana05.05.2023
Hajmi161.9 Kb.
#1427757
1   2   3   4
Bog'liq
3-Mavzu Kolloid sistemalarning olinishi

Qaytarilish reaksiyasi
Oksidlanish reaksiyasi yordamida ham kolloid sistemalar hosil bo’ladi. Bunda molekulyar eritmani oksidlash yo’li bilan kolloid eritma hosil qilinadi, masalan vodorod sulfid eritmasi kislorod bilan oksidlanganda oltingugurt zoli hosil bo’ladi:
2H2S + O2 = 2S↓ + 2H2O
Oksidlanish reaksiyasi
Almashinish usuli erimaydigan moddalar hosil bo’ladigan almashinish reaksiyalarga asoslanadi. Bu usul bilan, masalan, kumush xlorid gidrozoli hosil qilinadi:
AgNO3 + NaCl = AgCl↓ + NaNO3
Mishyak (III)-sulfid gidrozoli ham shu usulda olinadi:
2H3AsO3 + 3H2S = As2S3↓ + 6H2O
Almashinish usuli
Kolloid sistemalarni olishda gidrolizlanish reaksiyalari ham ishlatiladi, bunda ko’pincha metall gidrozollarining kolloid eritmalari olinadi. Masalan temir (III)-gidroksid gidrozolini olish uchun qaynab turgan suvga temir (III)-xlorid eritmasi quyilsa, temir (III)-gidroksid zoli hosil bo’ladi:
FeCl3 + 3H2O = Fe(OH)3↓ + 3HCl
So’ngra:
Fe(OH)3 + HCl = FeOCl + 2H2O
Gidrolizlanish usuli
Bu reaksiya natijasida hosil bo’lgan FeOCl qisman ionlarga parchalanadi va bu ionlar Fe(OH)3 zarrachalari atrofida ionlar qavatini hosil qilib, kolloid sistemani barqaror qilib turadi.
Shunday qilib, kimyoviy kondensatsiya usullarining asosi shundaki, kimyoviy reaksiyalar natijasida qiyin eriydigan mahsulot hosil bo’lsa, u ma’lum sharoit yaratilganda kolloid holatga o’tish mumkin. Bunda reaksiya uchun olinadigan dastlabki moddalarni suyultirilgan eritmalar holida ishlatish kerak, chunki bu sharoitda hosil bo’ladigan mahsulot kristall zarrachalarining o’sish tezligi katta bo’lmaydi.
Download 161.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling