13-mavzu. Moliyaviy natijalar hisobi


Download 57.45 Kb.
bet10/11
Sana16.06.2023
Hajmi57.45 Kb.
#1513214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-mavzu. Moliyaviy natijalar hisobi

90-jadval



Xo’jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

1

Foydadan byudjetga to’lovlar bo’yicha yil davomida hisoblangan summalar

9810, 9820

6410

2

Hisobot davrining oxirida soliqlar va yig’imlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi

9910

9810, 9820



21.10. Sof foyda hisobi.
Yilning soy foydasi, u soliq to’langandan keyin xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtig’rida qoladi, o’zida daromad (foyda)dan to’lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to’lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to’langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF-DS-BS,
bunda,
SF – sof foyda;
DS – daromad (foyda)dan to’lanadigan soliq;
BS – boshqa soliqlar va to’lovlar.
Foydaning taqsimlanishi deganda uning iste’mol va jamg’arishga yo’naltirilishi, joriy davr foydasining soliqlar to’lovi, ishlab chiqarishni rivojlantirish va zaxiralashga hamda kapital egalari o’rtasidagi shartlar, kelishuvlarga binoan taqsimlanishi tushuniladi.
Foyda quyidagicha taqsimlanadi:

  • soliq qonunchiligiga muvofiq davlat byudjetiga soliqlar, yig’imlar va to’lovlarga;

  • ishlab chiqarishni rivojlantirish va zaxiralashga;

  • aksiya va kapital egalariga dividendlar to’lashga.

Korxona o’zining hisob foydasidan, avvalo, davlat oldida hisob beradi va o’zining ixtiyorida hamda tasarrufida bo’lgan foyda summasini aniqlaydi. Foydadan olingan soliqlar qat’iy stavkalarda va foizlarda undiriladi. Hisob foydasining qolgan qismi korxona sof foydasi sifatida uning erkin belgiloviga (aksionerlar umumiy yiG’ilishining qarori va ichki nizomiga) muvofiq taqsimlanadi.
Sof foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga oid sarflar aksionerlarning umumiy yiG’ilishida hisob berish hamda ularning roziligini olish asosida belgilanadi.
Sof foydaning qolgan qismi chiqarilgan aksiyalarning turiga qarab va ularning imtiyozli shartlari asosida taqsimlanadi. Dastlab imtiyozli aksiya egalariga oldindan kafolatlangan foizlarda to’lovlar hisobga olinadi, so’ngra oddiy aksiya egalariga dividend foizlari va summalari e’lon qilinadi. Foydaning taqsimlanmagan qismi korxona uchun taqsimlanmagan foyda sifatida, agar korxona nochor ahvolda bo’lsa, qoplanmagan zarar sifatida keyingi hisobot yiliga o’tkaziladi.
9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti hisobot yilida korxona faoliyati yakuniy moliyaviy natijasining shakllanishi to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda daromadlardan ushbu faoliyat turlari bo’yicha xarajatlar summasiga kamaytirilishidan yuzaga keladi. 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debetida korxonaning xarajat (zarar)lar, kreditida esa daromad (foyda)lar aks ettiriladi. Hisobot davridagi debet va kredit aylanmasi taqqoslanishi hisobot davrining sof foydasi (zarari)ni ko’rsatadi.
Har bir hisobot davri oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debeti va krediti bo’yicha aylanmalar yig’iladi va hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijanisini ifodalovchi ushbu schyot bo’yicha umumiy qoldiq hisoblab chiqariladi.
Hisobot davrining tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzishda 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bog’langan holda yopiladi.
Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar (9900)ning bog’lanishi

Download 57.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling