13-mavzu. Moliyaviy natijalar hisobi
-jadval Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9500)ning bog’lanishi
Download 57.45 Kb.
|
13-mavzu. Moliyaviy natijalar hisobi
87-jadval
Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9500)ning bog’lanishi
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar to’g’risidagi axbrotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar”; 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”; 9630 “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar”; 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”. Banklar, mol yetkazib beruvchilarning kreditlari va qarzlar, uzoq muddatli ijara bo’yicha foizlar va boshqa foiz to’lovi xarajatlari 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar” schyotining debetida 6920 “Hisoblangan foizlar” yoki pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotida salbiy kurs farqi va balansning valyuta moddalariga doir operatsiyalar bo’yicha zararlar aks ettiriladi. Chet el valyutasi operatsiyalari bo’yicha salbiy kurs farqlari, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholashdan farq 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debetida pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar 9630 “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlari” schyotining debetida majburiyatlar va pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar” schyotida moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar aks ettiriladi. Download 57.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling