13-mavzu. Moliyaviy natijalar hisobi
Download 57.45 Kb.
|
13-mavzu. Moliyaviy natijalar hisobi
AFF = YaF-DX+BD-BZ,
bunda, AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda; DX – davr xarajatlari; BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ – asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlar. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”; 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”; 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”; 9340 “O’tgan yillar foydalari”; 9350 “Qisqa muddatli ijaradan daromadlar”; 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”; 9370 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari”; 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”; 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”. Hisobot davrining oxirida asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda summasi 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda summasi 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Xo’jalik shartnomalarining shartlarini buzganliklari uchun qarzdorlardan undirilgan jarimalar, penya, ustamalar va boshqa jarima turlari, shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplash bo’yicha daromadlar 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” schyotining kreditida pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydalari 9340 “O’tgan yillar foydalari” schyotining kreditida pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar yoki tegishli olinadigan schyotlarning debeti bilan bog’langan holda aks ettriladi. Mulkni qisqa muddatli ijaraga berishdan daromadlar 9350 “Qisqa muddatli ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4820 “Qisqa muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar” schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Da’vo muddati o’tib ketgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chikarishdan daromadlar” schyotining kreditida kreditor va deponent qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. 9370 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari” schyotida shu korxonaning asosiy faoliyati bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga korxona balansida bo’lgan sog’liqni saqlash ob’ektlari, bolalar bog’chalari, uy joy komunal xo’jaligi, madaniyat va sport ob’ektlaridan olingan daromadlar kiradi. Pul mablag’lari va pul ekvivalentlari ko’rinishida tekinga olingan daromadlar 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” schyotining kreditida pul mablag’lari va pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Boshqa operatsion faoliyatdan olingan daromadlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotining kreditida pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Download 57.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling