13-Mavzu: Nizolarni hal qilish psixologiyasi reja: Samarali muloqot va nizolar. Muloqotga muvaffaqiyatli kirishish omillari


Download 17.69 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi17.69 Kb.
#1564163
1   2   3   4
Bog'liq
13-Tema

1. O‘ta murakkab - ularda erishiladigan bitimning anik yechimi (haraktsri) haqida oldindan aniq fikr bildirish juda mushkul;
2. Murakkab - muzokaralarning bunday turida ayrim masalalar yuzasidan aniq bitimga kelishilgan, to‘xtamga kslingan bo‘ladi;
3. Oddiy – muzokaralarning bunday turida taraflarning o‘zaro bir bitimga kelishishlari uchun ortiqcha kuch, saʼy- xarakat talab etilmaydi, aksincha, hal etilgan muammo huquqiy normalar asosida mustahkamlanadi, xolos. Tarixiy faktlar shuni kursatadiki, avvallari, muzokaralardan mintaqaviy yoki undan ham katta miqyosdagi kuchlar qarama-qarshiligi, urushlar, qurolli to‘qnashuvlar natijalarini qayd etishdagina istifoda etilgan. Bunday holatlarda muzokaralar g‘alaba qozongan tarafga mag‘lubiyatga uchragan tomon ustidan o‘z hukmini o‘tkazish uchun bir vosita (shakl) vazifasini o‘tagan.
Muzokaralar asosini tashkil qiluvchi muammolarni tahlil qilish orqali muzokaralar konsepsiyasini ishlab chikish va muzokaralardagi aniq pozitsiyani tayyorlash - muzokaralarning mazmun jihatini tashkil etadi. Protsessual (jarayon) jihati esa u yoki bu mazmun jihatiga erishishning vosita (yo‘l)laridan iboratdir. Yaqindagina bir-biriga manfaatlari butunlay zid bo‘lib turgan taraflarni bir umumiy fikrga kelishuvga keltirish, muhokama qilinayotgan mavzu yuzasidan ularning pozitsiya va qarashlarini muvofiqlashtirish kabi milliy xavfsizlik masalalariga tegishli qarashlarni bir nuqtaga keltirish muzokaralar jarayonining eng muhim va asosiy xalqasidir. Muzokaralarning bu mexanizmi quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
- muzokaralarning strategiyasi;
- taktikasi;
- texnik jihatlari;
- olib borish tartibi.
Garchi bu mexanizm muzokara qatnashchilarini ikkiga ajratib turuvchi to‘siklarni bartaraf eta olmasa-da, bir to‘xtamga kelish yo‘lidagi qarama-qarshiliklarni aniqlash va farqlashda samarali xizmat qiladi. Baʼzan, shunday bo‘ladiki, muzokara qatnashchilarini turli muxolif guruhlarga ajratib turuvchi muammolar siyosiy ham, ijtimoiy ham emas, balki texnik xususiyatga ega bo‘lib chiqmog‘i mumkin.

Download 17.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling