13-Mavzu: Nizolarni hal qilish psixologiyasi reja: Samarali muloqot va nizolar. Muloqotga muvaffaqiyatli kirishish omillari


Download 17.69 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi17.69 Kb.
#1564163
1   2   3   4
Bog'liq
13-Tema

Ikkinchi bosqich – taraflarning tutgan o‘rni va ularning dalil-asoslarining bayon etilishi. Bu bosqichning o‘tishi uchun taraflar tuzilajak shartnoma (bitim)ning asosiy, umumiy holatlari yuzasidan aniq fikrga ega bo‘lishlari va bir- birlarini tushunib yondashishlari lozim bo‘ladi. Tegishli hujjatlarni tayyorlash uchun maxsus ishchi guruhi tashkil qilinadi. Taraflarning navbatdagi ishlariga asos bo‘lib xizmat qiluvchi shartnomaviy (bitim) loyixasining ishlab chiqilishi ushbu bosqich o‘talayotganligining tashqi ifodasidir.
Uchinchi bosqich - taraflarning tutadigan yo‘li, egallaydigan o‘rinlarining kelishuvi, hujjat matni ustidagi ishlar, uning tahrir va muhokama qilinishi, shartnoma tarkibiy qismlari yuzasidan kelishuv, shartnomaning eng so‘nggi yakuniy matnini tayyorlash. Muzokara ishtirokchilari bir bitimga kelishish zarurligiga barobar ehtiyoj sezganlaridagina taraflar o‘zaro kelishishlari mumkin. Masalan, qon to‘kilishlarning oldini olish uchun bosqinchilik, talon-taroj qilish kabi jinoyatlarni sodir qilmaslik, fuqarolarning yashash sharoitlarini bir maromga keltirish hamda ularga osoyishta hayot yaratib berish kabi holatlar haqida kelishib olinadi. Muzokaralar olib borishga rozi ekanligini bildirish, har doim ham, taraflardan birining shartnoma (bitim)ga erishish istagini, intilishini ifodalayvermaydi. Agar:
- taraflardan biri ishning boshlanishidanoq muzokaralar jarayoni bilan bog‘liq muammolarni chetlab o‘tishga harakat qilsa;
- muzokaralar olib borishdan maqsad jamoatchilik fikriga taʼsir etish yoki xalqaro jamoatchilikni jalb qilish bo‘lsa, ;
- taraflardan biri ikkinchi tarafning dalil-isbotlarini qabul qilmay, konfliktni keltirib chiqargan aybdorlarni topishga intilib, muzokaralar olib borishda masofa ushlab turish (konfrontatsiya) yo‘lini tanlasagina yuqoridagiga o‘xshash holat vujudga keladi.
Baʼzan, muzokaralar muddatining cho‘zilib ketishi ularni boshi berk ko‘chaga olib kelib qo‘ygan holatlar ham bo‘ladi. Ularning davom etishi o‘rtaga tushadigan kafillarga bog‘liq bo‘lib qoladi. Kafillik konfliktlarni yechishda uchinchi tarafning ham ishtiroki bo‘lishi lozimligini talab etadi. Tomonlarning xohishi va roziligiga ko‘ra qo‘shilgan uchinchi taraf muzokaralar jarayoni tashkiliy aspsktlari va tartibi bilan bog‘lik masalalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.


Mavzuga tegishli nazorat savollari
1. Muloqotga muvaffaqiyatli kirishish omillari haqida nimalarni bilasiz?
2. Muzokara jarayoni, uning funksiyalari va asosiy mazmuni deb nimaga aytiladi?
3. Nizolarni bartaraf etish usullariga nimalar kiradi?
Download 17.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling