13– mavzu. Ra’nokabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, asosiy vakillari, tuzilishi va ahamiyati Reja


Download 41.72 Kb.
bet4/13
Sana16.09.2023
Hajmi41.72 Kb.
#1679605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
13– mavzu. Ra’nokabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, a-fayllar.org

Olmadoshlar - Pomoideae. Bu kenja oilaning vakillari daraxt va ba’zan buta
o‘simliklaridir. Ularning barglari ko‘pincha oddiy, ba’zan murakkab tushib ketadigan, yonbargli, 
gulkosasi ham gultojisi ham 5 tadan. Chagchisi 20 tadan ortiq. Mevabarglari 2-5 ta. Tugunchasi
ostki. Gulo‘rnida botiq mevabarglari gulning etli o‘zagi bilan qo‘shilib o‘sadi. Natijada etli soxta 
olmasimon meva xosil bo‘ladi. Mevasining uchida kosacha qoladi.
Gul formulasi: *♀♂ Ca
(5)
Co

5
A~ G

(1)
ba’zan

(2-5)
Mevasi sersuv soxta meva. Oilacha vakillari: Madaniy olma (Malus domestica), yovvoyi 


olma (M.Sylvestris), nok (Pyrus), behi (Cydonia), sariq dо‘lana (Grataegus pontica).



Olma-Malus. Olma barglari oddiy, bandi butun, ko‘pincha xar xil oval shakllarda, ostki
tomoni tukli, chetlari arrasimon tishli, yon bargi tushib ketadigan o‘simlikdir. Ularning guli yirik, 
qo‘shqo‘rg‘onli, to‘g‘ri, kichikroq bo‘lib, siyrak guli soyabon to‘pgul hosil qiladi. Kosabarg va
tojibargi 5 tadan. Gultojning sirti oq,ich tomoni och yoki to‘q pushti, qizil.Changchisi ko‘p, 
changdoni sariq rangli, urug‘chisi 5 ta bo‘lib, mevabarglarining osti qo‘shilib o‘sadi. Tugunchasi
ostki 5 uyali. Mevasi soxta. Og‘irligi 20 dan 600g ga boradi. 


Nok (Pyrus).-daraxt va buta o‘simlik. O‘rta Osiyo tog‘larida 8 turi o‘sadi.

Olxо‘ridoshlar - Prunoideae. Bu kenja oila vakillari daraxt va buta,barglari oddiy,
qirqilgan, tushib ketuvchi kichik yonbargli o‘simlikdir. Gullari oq yoki pushti, gulqo‘rg‘on 
barglari 5 tadan. Changchisi 10-20 ta bo‘lib, gipantiyning qirg‘og‘ida joylashgan. Gulo‘rni
bokalsimon tuguncha bilan qo‘shilib o‘smaydi. Urug‘chisi 1 ta mevabargdan tuzilgan, tugunchasi 
ustki. Mevasi quruq yoki sersuv danakcha.



Gul formulasi: *♀♂ Ca


5
Co

5
A


5

, ~, G
1


Mevasi quruq yoki sersuv danakcha. Oilacha vakillari: Shirin bodom (Amygdalus


communis), о‘rik (Armeniaca vulgaris), shaftoli (Persica vulgaris), olcha (Serasus vulgaris), gilos 
(Cerasus avium), olxo‘ri ( Prunus domestica).

Olxo‘rilar (Prunusdomestica) bu sal tikanli yoki tikansiz daraxt va buta o‘simliklaridir.
Oqimtir gullari bargi yozilishi bilan teng ochiladi. Mevalari uzunligi 2 sm keladigan bandchalarda 
osilgan bo‘ladi. Mevasining rangi xar xil, usti g‘uborli bo‘ladi. Ularning yovvoyi xolda uchrashi
noma’lum. 


Bodom (Amygdalus). Bu turkum vakillari daraxt va buta o‘simliklaridir. Ularning barglari
lansetsimon, qisqa bandli.Gullari pushti yoki oq qariyib bandsiz bo‘lib, barg chiqarishga qadar 
ochiladi. Bu juda erta gullovchi meva o‘simliklaridir. Mevasi quruq danakcha, mezokarpi etli va
qattiq, ba’zan silliq yoki g‘alviraksimon bo‘ladi. Oddiy bodom - A.communis. 


O‘rik (Armeniaca). Bu shox-shabbali,tanasidagi po‘stlog‘i kul rang va yorilgan
daraxtlardir. Yosh novdalari qizil rangda, gullari qisqa bandli, mevasi etli suvli pishganda danagi 
osonlik bilan ajraydigan danakli mevadir.

Shaftoli (Persica). Bular daraxt o‘simliklar bo‘lib, barglari lansetsimon, gullari pushti
rangda yoki qizil. Mevasi tuxumsimon, sharsimon yoki anjirsimon, juda suvli, po‘sti mayda
tukchalar bilan qoplangan danakli mevadir.

Olcha (Cerasus). Bular daraxt va buta o‘simlik bo‘lib, barglari oddiy, silliq, chetlari tishli,
tuxumsimon yoki ellipsimon va uzun bandlidir. Gullari to‘g‘ri, oq rangli, oddiy soyabon shaklida 
tuzilgan. Qo‘sh gulqo‘rg‘onli, changchisi ko‘p sonli, onaligi bitta. Tugunchasi ustki. Mevasi
sharsimon, qizil, qoramtir va sariq rangli, sersuv danakli meva. 2 turi gilos (C.avium), olcha 
(c.vulgaris) bizda ko‘p ekiladi.
Ahamiyati: Oilaning kо‘pchilik vakillari oziq-ovqat о‘simligi hisoblanadi. Ularning 
mevasini tarkibida qand moddalari, har xil organik kislotalar, vitaminlar va efir moylari uchraydi.
Juda kо‘p turlari qadimdan madaniylashtirilgan. Shuningdek bir qancha turlari tibbiyotda dori 
tayyorlashda, ishlatiladi.

Download 41.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling