13– mavzu. Ra’nokabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, asosiy vakillari, tuzilishi va ahamiyati Reja
Download 41.72 Kb.
|
13– mavzu. Ra’nokabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, a-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Ra’nokabilar - Rosidae sinfchasiga umumiy tavsif
13– mavzu. Ra’nokabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, asosiy vakillari, tuzilishi va ahamiyati Reja 13– mavzu. Ra’nokabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, asosiy vakillari, tuzilishi va ahamiyati Reja: 1. Ra’nonamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 2. Burchoqnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 3. Toshbaqatolnamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. 4. Pistanamolar qabilasining asosiy oila, turkum va turlari. Tayanch so‘z va iboralar: ra’nodoshlar, semizakdoshlar, anordoshlar, burchoqdoshlar, zarangdoshlar, toshbaqatoldoshlar, pistadoshlar, tuyatovondoshlar, isiriqdoshlar, chilonjiydadoshlar, tokdoshlar, rо‘yandoshlar, gazakо‘tdoshlar, kendirdoshlar, ituzumdoshlar, pechakdoshlar, zaytundoshlar, govzabondoshlar, sigirquyruqdoshlar, tizimguldoshlar, yalpizdoshlar, zubturumdoshlar, qо‘ng‘iroqguldoshlar, qoqiо‘tdoshlar, araliyadoshlar, ziradoshlar, qо‘ng‘irpо‘stdoshlar, shilvidoshlar, asarundoshlar, gultoji barg, gulkosacha bargi, gipantiy, changchi, pistacha, yong‘oqcha, ko‘sakcha, danakli meva, to‘pmeva, rezavor meva, dorivor, manzarali, asal beruvchi, oziq-ovqat, tur. Ra’nokabilar - Rosidae sinfchasiga umumiy tavsif Bu sinfcha ikki pallalilar ajdodidagi eng katta ajdodcha hisoblanadi. Shu bilan birga, bir muncha qadimgi va rivojlangan turlarni о‘z ichiga oladi. Hayotiy shakli daraxtdan tortib to о‘t о‘simliklargacha. Ular yer yuzining deyarli hamma joylarida tarqalgan. Gullari ikki jinsli, ba’zan ayrim jinsli. Tugunchasi ustki, ostki va о‘rta. Qabilaga mansub turlar daraxt, buta va o‘tsimon o‘simliklar. Barglari navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan, oddiy yoki murakkab. Gullari qo‘sh jinsli yoki alohida jinsli. Gul qo‘rg‘oni 5 a’zoli. Changchilari ko‘p. Urug‘chisi apokarp, ayrim hollarda sinkarp. Mevasi turli- tuman tuzilishli, (yong‘oqcha, danak yoki boshoqcha). O‘simliklar sistematikasi fanining ko‘pchilik namoyandalari bu qabila tarkibida Posaceae, Saxifragraceae, Crasullaceae va boshqa shunga yaqin oilalarning kiritilishini qonuniy deb biladilar. Ularning fikricha, bu qabila ulkan filogenetik bog‘lam bo‘lib, o‘zining kelib chiqishi bilan bularga ko‘pgina ikki pallali o‘simliklar Fabaceae, Myraceae oilalari shu qabila bilan uzviy bog‘liq deb qaraydilar. Biz Taxtadjyan sistematikasiga suyangan holda Ra’noguldoshlar oilasini o‘z belgilari bilan unga yaqin bo‘lgan ikkita tropik o‘lkalar uchun xos uncha katta bo‘lmagan (Chrisobalanaceae va Neuradaceae) ikki oilani birlashtirgan alohida Ra’nogullilar (Rosales) qabilasiga ajratiladi. Hozirgi vaqtda A.L.Taxtadjyan (1987) sistemasi bо‘yicha bu ajdodcha 39 ta qabilani о‘z ichiga oladi. Shulardan ayrimlariga tо‘xtab о‘tamiz. Download 41.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling