13– mavzu. Ra’nokabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, asosiy vakillari, tuzilishi va ahamiyati Reja


Download 41.72 Kb.
bet2/13
Sana16.09.2023
Hajmi41.72 Kb.
#1679605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
13– mavzu. Ra’nokabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, a-fayllar.org

1.Ra’nonamolar – Rosales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari 
Bu qabila 3ta oilani ( Rosaceae, Chrysobalanaceae, Neuradaceae) о‘z ichiga oladi. 


Ra’noguldoshlar oilasi – Rosaceae. Bu oilaga 120 ta turkum va 2000 dan ortiq tur kiradi.
Ular daraxt, buta, chala buta, kо‘p yillik, ba’zan bir yillik о‘simliklar bо‘lib, Ayniqsa shimoliy 
yarim sharda keng tarqalgan barglari poyada ketma-ket joylashgan oddiy yoki murakkab bо‘lib,
kо‘pincha yon, barglarga ega. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yakka, ba’zan tо‘pgullarni hosil 
qiladi. Gulqо‘rg‘oni murakkab, 5 lik tipida bо‘ladi, erkin yoki ma’lum darajada qо‘shilgan.
Changchilari kо‘pincha kо‘p sonli. Urug‘chisi 1,5 yoki bir necha mevabarchaning qushilishidan 
hosil bо‘lgan. Mevasi har hil tipda bо‘ladi.
Ra’noguldoshlar oilasi gul va mevalarining tuzilishi jihatidan 6 ta kichik oilachaga 
bо‘linadi. Shulardan 4 tasiga tо‘xtalib о‘tamiz.
1. Tubulg‘iguldoshlar (Spiraecoidcae) 
2. Atirguldoshlar (itburunlar) Rosaideae
3. Olmaguldoshlar (Pomoideae) 
4. Olxo‘riguldoshlar (Prunoideae)
Tubulg‘idoshlar – Spiraecoideae. Oilacha vakillari buta о‘simliklardir. Barglari oddiy
yoki murakkab, gullari mayda sochoq yoki qalqonsimon tо‘pgulga to‘plangan, tugunchasi ustki. 




Gulo‘rni yassi yoki bir oz botiq. Kosachasi 5 ta kosacha bargdan, gultojisi 5 tojbargdan iborat.


Changchilari ko‘p, ular doira shaklida joylashgan. Urug‘chisi 5 ta mevachabargdan tuzilgan. 
Gulining formulasi: *♀♂ Ca
5
Co

5
A~ G

(5)
Mevasi tо‘p yoyma meva. Oilachaning asosiy turkumi tubulg‘i (Spiraea). Bu turkumning 

О‘rta – Osiyoda tuqli tubulg‘i (S.pilosa), baljuan tubulg‘asi (S. baldlchuanica) kabi turlari toshli,


tog‘ yonbag‘irlarida, archazorlar va daryo sohilarida о‘sadi.



Download 41.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling