Itburundoshlar – Rosoideae. Bu oilachaga о‘t, chala buta va buta о‘simliklar kiradi.
Barglari toq patsimon murakkab yoki oddiy chetki qirralari uyilgan, yon bargchali. Poyasi
kо‘pincha tikanli. Gul tugunchasi o‘rta. Mevachi barglari 1 ta yoki ko‘p, ular birmuncha uzunroq,
qavariq, botiq gulo‘rnida bo‘ladi.
Gul formulasi: *♀♂ Ca
(5)
Co
5
A~ G
()
Mevasi yong‘oqcha yoki murakkab danakchali meva. Oilacha vakillari: Itburun na’matagi
(Rosa canina), Fedchenko na’matagi (R.fedtchenkoana), Samarqand na’matagi (R.moracandica),
Zangori maymunjon (Rubus caesius), Oddiy maymunjon (R.idaeus), qulupnay (Fragaria),
g‘ozpanja (Potentilla).
Maymunjon va malina - Rubus. Bular buta o‘simliklaridir. Poyalari va barg bandlarida
tikanlari bo‘ladi. Mevalari sersuv va xushbo‘y. Meva sifatida ekiladi. Malina mevasi terlatuvchi
va siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Maymunjon (R.caesius) -tekislik, ariq va kanal
bo‘ylarida, tog‘ va tog‘ yon bag‘rlarida o‘sadigan rezavor butacha.Mevasi yeyiladi va murabbo
qilinadi. Sirop va vino tayyorlanadi.
Qulupnay (yer tut) - Fragaria. Poyalari o‘rmalab o‘suvchi, ko‘p yillik o‘t o‘simlik.
Barglari 3 tali murakkab barg, yon bargchali. Mevasi ko‘p urug‘li rezavor.
G‘ozpanja (Potentilla). Bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Barglari panjasimon,ba’zan
patsimonlari bo‘ladi. Mevasi ko‘p urug‘li O‘zbekiston florasida beshbarg (P.reptans)va pakana
beshbarg (P.supina)keng tarqalgan. P.erecta turi meditsinada ishlatiladi.
Itburun (na’matak) - Rosa. Bular poyasi 1-3 mli butasimon o‘simlik bo‘lib,bargi toq
patsimon,tanasi tikanlar bilan qoplangan. Yon bargli. Guldoni ko‘zachasimon. Mevasi soxta
meva. Bu mevaning tarkibida "C" vitamini ko‘p miqdorda bo‘ladi. Bu turkumning 120 turi bor.
O‘zbekistonda 17 turi o‘sadi. Na’matakda asal modda bor. Uning mevalari vitamin tayyorlashda
xom ashyo bo‘lib xisoblanadi. Na’matak o‘simligining bir qancha turlari atirgulning manzarali
navlari uchun payvandtag qilinadi. O‘zbekiston sharoitida, na’matakning itburun Rosa canina
degan turi ayniqsa yaxshi payvandtag bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |