Toshyorardoshlar (Saxifragaceae) oilasi. Oilaning35 turkumga mansub 600 dan ortiq
turi shimoliy yarim sharlarining sovuk va о‘rta iqlimli viloyatlarida va qisman baland tog
chukkilarida tarqalgan. О‘rta Osiyoda 6 turkumga mansub 33 turi tog va yaylov zonalarining
yonbag‘irlari, namlikka boy jarliklar, daraxtzor, butazor va archazorlarda tarqalgan. Bu oilaning
Saxifraga -tosherlar, Ribes-qorakat, Rhilodelphus-yovvoyi jasmin singari turlari e’tiborga loyik.
Saxifraga - toshyorarlar turkumiga mansub о‘simliklarning aksariyat qismi kо‘p yillik o‘t
о‘simliklar bо‘lib, О‘rta Osiyoda 13 turi tog‘ va yaylov zonalarining toshlok va xarsangtoshlar
orasida, sernam shagal va tosh aralash mayin tuproqlarida, daryo irmoqlari bo‘yida о‘sadi.
Turkumning kо‘p yillik sersuv balchiqlashgan tog yonbag‘irlarida о‘sadigan Saxifraga hirsutus -
botqoq toshyorarlari, nam toshli va shagalli tog yonbag‘irlarida о‘suvchi S.Stenophylla ingichka
barglitoshsevar. Toshli va shagalli tog yon bagirlarida о‘suvchi S.macrocalix-ulkan kosacha bargli
toshyorlar singari turlar kuzga tez tashlanadi.
Philodelphus - jasmin turkumining faqat bir Ph. Caucasica-Kavkaz yovvoyi jasmini deb
ataladigan bo‘yi 3 metrgacha, novdalari kizgish, barglari uzun-ellepsimon yoki lansetsimon gullari
sargich, aprel oyida gullovchi turi xushmanzara о‘simlik sifatida о‘stiriladi.
Ribes - qoraqat turkumining hamdo‘stlik mamlakatlarida 36, shu jumladan О‘rta Osiyoda
10 turi tarqalgan bо‘lib, ularning aksariyat qismi buta hayot shaklidagi turlar, adir va tog
zonalarining tog yonbag‘irlarida о‘sadi. Qoraqatning tog zonasini shagalli, toshlok, butazor tog
yonbag‘irlarida, daryo soxillarida о‘sadigan Ribes meyeri-qora qoraqat, daryo soxili, butazorlar
toshli tog yonbag‘irlarida о‘suvchi R. Saxatile tosh qoraqati kabilar o‘ziga xos manzara hosil
kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |