13– mavzu. Ra’nokabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, asosiy vakillari, tuzilishi va ahamiyati Reja
Download 41.72 Kb.
|
13– mavzu. Ra’nokabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, a-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nо‘xatsimon burchoq (Lathyrus cicera).
- Miya (Glycirhiza).
2. Burchoqnamolar - Fabales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari
Bu qabila faqat burchoqdoshlar (Burchoqdoshlar) oilasini о‘z ichiga oladi. Oilaning 500ga yaqin turkumi, va 12000 turi butun yer yuzida tarqalgan. Ular daraxt, buta, chala buta va о‘t о‘simliklardir. Poyasi tik, о‘rmalovchi va yotib о‘suvchi. Barglari asosan murakkab uchtalik, panjasimon, tok va juft patsimon, ba’zan oddiy, yon bargchalarga ega. Murakkab patsimon barglarni uchki tomonidagi yaproqchalari ba’zan shaklini о‘zgartirib, gajaklarga, yon bargchalari esa tikanlarga aylangan. Gullari ikki jinsli, notо‘g‘ri (zigomorf), ba’zan tug‘ri bо‘lib shingil, boshcha, soyabon, boshoqsimon tо‘pgulda joylashgan. Changchisi va urug‘chilari hasharotlar yordamida, goho о‘z о‘zidan changlanadi. Gulqо‘rgoni murakkab, kosacha bargi 5 ta, kо‘pincha qо‘shilib о‘sgan, tajbargi ham 5 ta. Ustki tojibargi yirikroq bо‘lib, «yelkan», ikkita ostkisi esa, changchilarni о‘rab turgani «Qayiqcha» deb ataladi. Changchilar soni odatda 10ta ulardan bittasi erkin, qolgan 9 tasining chang iplari о‘zaro qо‘shilib о‘sgan. Bazi xollarda 10ta changchining chang iplari, hammasi bir-biri bilan qо‘shilib, ketadi, yoki uning aksi hammasi erkin xolda bо‘ladi. Urug‘chisi 1ta meva bargchadan tashkil topgan. Tugunchasi ustki. Mevasi dukkak. Uruglari endospermsiz. Gul formulasi: ↑ ♀♂ Ca (5) Co 1+2+(2)
(9) +1
1
1) Nо‘xatsimon burchoq (Lathyrus cicera). Bir yillik о‘t. Tog‘ yon bag‘irlari, butalar orasi, ariq va soy bо‘ylarida, ekinlar orasida uchraydi. 2) Osiyo burchagi (L.asiaticus). Bu ham bir yillik о‘simlik begona о‘t sifatida ekinlar orasida uchraydi. 3) Yantoq (Alhagi). Yantoqning О‘zbekiston sharoitida soxta yantoq (A.pseudoalhagi), qirgiz yantog‘i ( A.kirghisorum) kabi turlari uchraydi. Bularning har ikkalasi kо‘p yillik о‘simliklardir. 4) Miya (Glycirhiza). Keng tarqalgan turi tuksiz miya (G. glabra) va tikkanli miya (G.aspera) bizning sharoitimizda adir, tog‘ va ariq, daryo bо‘ylarida, ekinlar orasida uchraydi. Shuningdek boshqa turlari: madaniy beda (Medicago sativa), ekiladigan nо‘xat (Sicer arienticum), kо‘k nо‘xot (Pisum sativum), yer yong‘oq (Arachis hypogaeaayea), sebarga (Trifolium) va boshqalar. Ahamiyati: Bu oila vakillarining ildizlari tuganak bakteriyalar bilan birga simbioz xolatda yashab atmosferadagi erkin azotni о‘zlashtirish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham bu о‘simliklarda almashlab ekishda keng foydalaniladi. Oilaning bir qancha turlari tarkibida oksil bо‘lganligi uchun, tо‘yimli ovqat sifatida ishlatiladi. Ba’zi vakillari moy bо‘yoq va dorilar tayyorlanadi. Manzarali о‘simlik sifatida ham ayrim- turlari ekib о‘stiriladi. Download 41.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling