4. Pistanamolar - Anacardiales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari
Pistadoshlar (Anacardiaceae) oilasi. Daraxt va buta hayot shaklidagi о‘simliklar, barglari
oddiy yoki qisman tok patsimon murakkab, navbatlashib yoki ayrim xollarda qarama-qarshi
joylashgan. Floemasida katron (smola) yullari mavjud. Gullari ruvak shaklidagi shoxlangan
murakkab tup gullarda joylashgan, mayda, 3-5 bulakli, aktinmorf, kush jinsli, yoki ayrim xollarda
aloxida jinsli. Gul formulasi: Ca
3-5
A
3-10
G
1-(5)
. Oila vakillari muhim meva, texnik va dorivor
о‘simliklar hisoblanadi. Asosiy turkumlari:
Pista - Pistacia ikki uyli, murakkab patsimon bargli, buta о‘simlik. Urug‘chisi uchta meva
bargidan shakllangan. Mevasi kuruk danak. О‘rta Osiyoda keng tarqalgan turlaridan biri oddiy
pista-Pistacia vera. Danagining magzi nixoyatda xushxur, oziq-ovqat о‘simligi. Urug‘ining
tarkibida 60 % ga qadar yog bor. Poyasidan smola, bargidan «galla» deb ataladigan qimmatbaho
bo‘yoq olinadi. Tabiiy pistazorlarning umumiy maydoni О‘rta Osiyoda 250 ming gektardan ortiq.
Sumax - Rhus - u qadar katta bulmagan daraxt, guli aloxida yoki kush jinsli, bir yoki ikki
uyli, murakkab ruvakda joylashgan, kosacha va toj barglari 5 tadan. Urug‘chisi bitta meva
bargidan shakllangan. Mevasi qizil rangli danak. E’tiborga molik turi kun bon sumax-Rhus cariaria
О‘rta Osiyoda keng tarqalgan, muhim oshlovchi va buyokbon о‘simlik hisoblanadi. Uning
tarkibida 20 % ga qadar oshlovchi modda tannid bor. Sumaxning poya va bargidan qora,
mevasidan kizil, novda pо‘stidan sarik, ildiz pо‘stidan kirmizi rangidagi buyoklar olinadi.
Tuyatovondoshlar (Zygophyllaceae) oilasi. Aksariyat qismi tropik mintaqada tarqalgan
daraxt, О‘rta Osiyoda tarqalgan turlari kо‘p yillik o‘t о‘simliklar. Oilaning 30 turkumga mansub
300 ga yakin turi ma’lum. Guli aktinmorf yoki bir qadar zigomorflashgan, kosacha va toj barglari
beshtadan, changchisi 5 ta yoki undan 2-3 barobar ortiq, urug‘chisi kо‘p chanokli, ustki. Mevasi
shirali rezavor meva yoki danak, yoinki kurigan kо‘sakcha, ayrim xollarda tub qismi kengaygan
yong‘oqcha.
О‘rta Osiyo va xususan O‘zbekistonda tarqalgan turkumlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |