3. Toshbaqatolnamolar - Rutales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari
Toshbaqatoldoshlar (Rutaceae) oilasi. Daraxt, buta va qisman o‘t о‘simliklar. Barglari
navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan, murakkab yoki ayrim xollarda oddiy, efir moy ishlab
chikaradigan bezlari mavjud. Gullari yakka holda yoki gul tuplamlarida joylashgan, kush jinsli,
antinomorf, kush gul qо‘rg‘onli, 4 yoki 5 bulmali, urug‘ bargidan shakllangan. Gul formulasi- Ca
4-
5
Co
4-8
A
8,10,∞
G
(4,5,~)
.
Tugunchasi 4-5 chanokli. Mevasi turli xil (rezavor meva, danak meva, kangotli meva,
kusak) shakllardir.
Yer kurrasining tropik, subtropik va о‘rta iqlimli mintaqalarida bu oilaning 150 turkumga
taallukli 160 turi tarqalgan. O‘zbekistonda uning 20 turi, tabiatda yovvoyi holda uchraydi va 3 turi
madaniy о‘simliklar katorida meva, о‘simlik xom-ashyosi, va manzarali о‘simlik sifatida
о‘stiriladi.
Toshbaqatol - Haplophyllum turkumi. Kо‘p yillik o‘t, kosacha va toj barglari beshtadan,
changchisi 10 ta, mevasi 5 uyali kо‘sakcha. Bu turkumning O‘zbekiston uchun xarakterli bо‘lgan,
loy tuproqli chul va kuyi adirda о‘sadigan H. Pedicellatum, kum tuproqli chulda о‘suvchi- H.
Ramosissimum, gipsli chul uchun xos chulda о‘suvchi- H. Obtisifolium, kizil tuproqli tog
yonbag‘irlarida tarqalgan H. Bucharicum, H. folionula, H. Leptomerum singari turlarini kursatish
mumkin.
Sitrus - Citrus turkumining 30 ga yakin turi Janubiy va janubiy Garbiy Osiyoda,
Xindistondan Avstarliyagacha tarqalgan. Bizning sharoitimizda sitruslar yopik issikxonalarda
о‘stiriladi. Odatda ular daraxt hayot shaklidagi о‘simliklar bо‘lib, barglari doimiy yashil, barglari
butun, gullari ok, xidli, barglar kultigida joylashgan. Mevasi kо‘p uyali, kalin pо‘stli, efir moyga
boy rezavor meva. Uning vatani Janubiy Sharqiy Osiyo, muhim vitaminga boy oziq-ovqat
о‘simligidir. Asosiy turlari Limon-Citrus limon,apelsin Citrus sinensis, Mandarin C. Reticulata
singarilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |