Toshyorardoshlar (Saxifragaceae) oilasi. Oilaning35 turkumga mansub 600 dan ortiq
turi shimoliy yarim sharlarining sovuk va о‘rta iqlimli viloyatlarida va qisman baland tog
chukkilarida tarqalgan. О‘rta Osiyoda 6 turkumga mansub 33 turi tog va yaylov zonalarining
yonbag‘irlari, namlikka boy jarliklar, daraxtzor, butazor va archazorlarda tarqalgan. Bu oilaning
Saxifraga -tosherlar, Ribes-qorakat, Rhilodelphus-yovvoyi jasmin singari turlari e’tiborga loyik.
Saxifraga - toshyorarlar turkumiga mansub о‘simliklarning aksariyat qismi kо‘p yillik o‘t
о‘simliklar bо‘lib, О‘rta Osiyoda 13 turi tog‘ va yaylov zonalarining toshlok va xarsangtoshlar
orasida, sernam shagal va tosh aralash mayin tuproqlarida, daryo irmoqlari bo‘yida о‘sadi.
Turkumning kо‘p yillik sersuv balchiqlashgan tog yonbag‘irlarida о‘sadigan Saxifraga hirsutus -
botqoq toshyorarlari, nam toshli va shagalli tog yonbag‘irlarida о‘suvchi S.Stenophylla ingichka
barglitoshsevar. Toshli va shagalli tog yon bagirlarida о‘suvchi S.macrocalix-ulkan kosacha bargli
toshyorlar singari turlar kuzga tez tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |