13-mavzu. Texnologik jarayonlar ishlab chiqishning asosiy yo‘llari Ma’ruza rejasi


Download 297.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana02.02.2023
Hajmi297.08 Kb.
#1147284
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
M.T.A. 13-mavzu



13-mavzu.Texnologik jarayonlar ishlab chiqishning asosiy yo‘llari 
 
Ma’ruza rejasi:
1.Detalni ishchi chizmasini va texnik talablarini texnologik nazorat qilish 
2.Tanavor olish usulini tanlash va unga texnik talablar о‘rnatish 
3.Bazalar tanlash 
4.Detallarni alohida yuzalarga ishlov berish uchun marshrut tanlash 
5. Detalga ishlov berish marshrutini tuzish 
6. Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish 
Tayanch so‘z va iboralar: detalning ishchi chizmasi, g‘adir-budirliklar, kо‘p asbobli 
ishlov berish, ariqchalar (pazlar), galtellar, teshiklar, о‘rnatuv va о‘lchov bazalar. 
 
Detalni ishchi chizmasini va texnik talablarini texnologik nazorat qilish 
Texnologik jarayonni loyihalashdan avval, detalning ishchi chizmasi, uning texnik 
talablari va mexanizmda ishlash vazifasi batafsil о‘rganib chiqiladi. Proeksiyalarning 
etarli еkanligi, ishlanuvchi yuzalar sifati о‘rganilib tekshirib chiqiladi. 
Ко‘p hollarda konstruktor asossiz holda chizmada juda ham aniq bо‘lgan 
о‘lchamlarni va yuza g‘adir-budirliklarini belgilaydi. Bunday hollarda texnolog 
tomonidan tegishli tuzatishlar kiritish tо‘g‘risida takliflar qilishi mumkin, konstruktor 
bilan birgalikda bu taklifni muhokama qilish asosida tо‘g‘ri echimi topiladi. 
Ishchi chizmani nazorat qilish vaqtida detal texnologikligini yaxshilash 
imkoniyati aniqlanadi. Ishlanuvchi yuzalarining о‘lchamlarini kichraytirishga е’tibor 
beriladi, bu еsa mexanik ishlov berish sermehnatliligini kamaytiradi; detal bikirligini 
oshirishga е’tibor beriladi, bu еsa kо‘p asbobli ishlov berish, kо‘p tig‘li asboblarni va 
yuqori unumdorlik rejimlarini qо‘llash imkoniyatini beradi; keskich asboblarning ishlov 
zonasiga olib kirish va chiqarishning engillashtirilishiga ahamiyat beriladi, natijada asosiy 
va yordamchi vaqt kamayadi; ariqchalar (pazlar), galtellar, teshiklar va boshqa 
еlementlarning о‘lchamlarini unifikasiyalashga harakat qilinadi, bu еsa о‘lchamli va 
profillik asboblarning turini qisqartiradi va о‘tuvlarni ketma-ket bajarishda ishlov berish 
vaqtini kamaytiradi; tanavorni ishonchli va qulay bazalashga ahamiyat beriladi, о‘lcham 
quyishda еsa о‘rnatuv va о‘lchov bazalarning bir yuzada yotqizishga harakat qilinadi
tanavorlarning kо‘p о‘rinli ishlov berish qulayligiga ahamiyat beriladi. Кonstruksiyaning 
texnologikligiga, darsliklarda alohida tematika bag‘ishlangan (о‘qib chiqing). 

Download 297.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling