13-mavzu. Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor jarayonlarini boshqarish faoliyati
Download 225 Kb.
|
13 mavzu Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keyingi baholash mezoni
- LTZni baholashda
- Yana bir mezon
- Vositachilar o’rtasida raqobat
- Yana bir muhim mezon
Birinchi baholash mezoni sifatida vositachi yoki material oqim jo’natuvchisining obro’-e’tiborini ko’rsatish lozim. Uning obro’-e’tibori ko’pgina omillarga bog’liq bo’lib, quyidagilarini alohida ko’rsatish mumkin:
ko’pchilik o’rtasida ommalashgan savdo markasi mavjudligi; hamkorlar, iste’molchi va xaridorlar, turli tashkilotlar tomonidan ijobiy baholanishi; o’z tovarlariga el-yurt e’tiborini jalb etish uchun prezentatsiyalar va taqdimotlar kabi tadbirlar o’tkazilishi. Keyingi baholash mezoni – tovarlarni bozorda o’tkazish va xaridorlarga tarqatish bo’yicha sub’ekt imkoniyatlaridir. Bu imkoniyatlarni belgilovchi omillar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: tovarlarni o’tkazuvchi hududiy bozorlarga kira olishi; iste’molchilarning maqsadli guruhlarini jalb eta olish imkoniyatlari; sotish mumkin bo’lgan tovar hajmi. LTZni baholashda ishtirokchilarning rivojlanganlik darajasini ham hisobga olish lozim. Vositachi yoki jo’natuvchi tashkilotlarning rivojlanganlik darajasi quyidagi omillarga bog’liq; to’lov imkoniyatlari; qo’shimcha aylanma vositalarga ehtiyoji; omborxonalar hajmi; avtotransport vositalari soni; sotuvchi mutaxassis va xodimlarning bilim saviyasi; hamkorlar tarkibi; texnik-texnologik jihozlanganlik, rivojlanganlik va hokazo. Yana bir mezon – sub’ektlarning ish sharoiti va ko’rsatayotgan xizmat turlaridir. Bunda vositachining faoliyat ko’rsatayotgan sharoit xususiyatlarini hisobga olish lozim: ko’rsatilayotgan logistik xizmat turlari va ular kompleksi, yetkazib berish hajmlari, muddatlari, shart-sharoitlari va imkoniyatlari. Bunday holatlarni tahlil etish vositachilar bilan munosabatlarni yaxshilashga va ularga ma’qul bo’ladigan takliflar kiritishga imkon beradi. Ishlab chiqaruvchi va vositachi yondashuvlarida katta farqlar bo’lsa, unda umumiy holatni tushunishga imkon beruvchi axborotlar mavjudligi o’zaro kelishuvga imkoniyat beradigan omillarni ko’rsatib beradi. Vositachilar o’rtasida raqobat mavjudligi ularni tanlab olishda hisobga olish lozim bo’lgan muhim mezonlardan hisoblanadi. Ishlab chikaruvchi tashkilotlar vositachilar orasidagi raqobatdan o’z maqsadlari yo’lida foydalanishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi tashkilot tovar tarqatuvchilarning ma’lum bir guruhini tanlab mazkur tarmoqning hamkori yoki dileriga aylanadi. Bu esa munosabatlarning yanada ishonchli va uzoq muddatli bo’lishiga imkon yaratadi. Yana bir muhim mezon – o’zaro munosabatlarning rasmiylashtirilgan qoidalari mavjudligidir. Eng avvalo, mazkur qoidalar tegishli hujjatlar orqali rasmiylashtirilishi va uzoq muddat davomida o’zgartirilmasligi lozim. Bu qoidalarning tez-tez o’zgartirilishi ishtirokchilarning qoidaga rioya qilishga bo’lgan intilishlarini susaytiradi. Eng muhimi, o’zaro munosabatlarning ma’lum qoidalar asosida tartibga tushirilmaganligi har ikki tomon uchun ham qo’shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Download 225 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling