13-mavzu. Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor jarayonlarini boshqarish faoliyati
Download 225 Kb.
|
13 mavzu Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Transport kompaniyasining transport, ombor va axborot logistikasini infratuzilmasini tashkil etish Etkazib berish logistikasining asosiy maqsadi
- Uning predmeti
- 2. Omborda logistika jarayonlarini tashkil etish va modellashtirish tamoyillari. Omborning faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari. "Jismoniy taqsimot" tushunchasi, uning mohiyati va roli
13-mavzu. Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor jarayonlarini boshqarish faoliyati 1. Transport kompaniyasining transport, ombor va axborot logistikasini infratuzilmasini tashkil etish. 2. Omborda logistika jarayonlarini tashkil etish va modellashtirish tamoyillari. Omborning faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari. "Jismoniy taqsimot" tushunchasi, uning mohiyati va roli. 3. Korxona darajasida taqsimlash logistikasining maqsadi, funktsiyalari, vazifalari va kanallari. 4. Mavjud materiallar zahirasi jismoniy taqsimotini boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishlari. 1. Transport kompaniyasining transport, ombor va axborot logistikasini infratuzilmasini tashkil etish Etkazib berish logistikasining asosiy maqsadi – bu kerakli tovarlarni kerakli joyga, lozim bo’lgan paytda optimal xarajatlar evaziga yetkazib berishni ta’minlashdan iborat. Uning predmeti mahsulotning ishlab chiqaruvchidan oxirgi iste’molchiga harakatlanish jarayonini ratsional tashkil etish va boshqarishdir. Taqsimot logistikasining ob’ekti esa material oqimning jo’natuvchidan iste’molchiga va uni ta’minlovchi boshqa oqimlar harakatidir. Material oqim harkatini ta’minlash uchun boshqa oqimlar harakati (moliyaviy, axborot, transport vositalari oqimlari) ham lozim Taqsimot logistikasida tarqatish yoki yetkazib berish tushunchalaridan tashqari “jismoniy taqsimlash” va “distrib’yutsiya” atamalari ham qullaniladi. Turli mualliflar bu tushnchalarga turlicha ta’rif berishadi, ammo bir guruh mutaxassislar (B.A.Anikin, T.A.Rodkina va boshqalar) ularning sinonim ekanligini ta’kidlaydi. Ayni paytda boshqa bir qator mutaxassislar mazkur tushunchalar turlicha talqin qilishgan. D.Bauersoks ta’rificha, jismoniy taqsimlash (distrib’yutsiya) – iste’molchilarning buyurtmalarini tahlil etib, ishlab chiqishdan to ularni bajarishgacha, ya’ni tovarlarni bevosita yetkazib berishgacha bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi. V.I.Sergeev bergan ta’rifga, muvofiq taqsimlash (distrib’yutsiya) – tayyor mahsulotning ishlab chiqaruvchidan oxirgi (yoki o’rtadagi) iste’molchilar, sotuvchi tashkilotlar sari harakatlari, sotuvdan oldingi va keyingi servis xizmatlaridan iborat logistik faollikdir. “Tashkilotni boshqarish” yo’nalishidagi entsiklopedik lug’atga ko’ra tarqatish (taqsimlash, yetkazib berish) – tovarning foydalanish sohasiga o’tish jarayonining dastlabki bosqichi; tovarni tarqatish; tovar oldi-sotdisi. Mazkur lug’atda keltirilishicha, taqsimot logistikasi logistikaning mahsulotni taqsimlash qonun va qonuniyatlarini o’rganish haqidagi bo’limidir. Bunday faoliyat bozor ehtiyojlarini o’rganishdan boshlab samarali transport-ekspeditsiya xizmatini tashkil etish asosida ularni to’la-to’kis qondirishgacha bo’lgan taqsimlash zanjirini o’z ichiga oladi. A.Kanseni tushunchasiga ko’ra, taqsimot logistikasi bu – tayyor mahsulotni iste’molchiga yetkazish uchun amalga oshiriladigan tashish, ortish-tushirish, omborlashtirish, axborot uzatish, saqlash va qayta ishlash kabi operatsiyalarni rejalashtirish, boshqarish va nazorat etish haqidagi fandir. V.Radionova va boshqa mualliflarning fikricha, taqsimot logistikasi material oqimni turli ulgurji xaridorlar o’rtasida taqsimlash jarayonida amalga oshiriladigan o’zaro bog’langan funktsiyalar kompleksidir. Bunday taqsimlash kerakli tovarlarni kerakli manzillarga, o’z muddatida, minimal xarajatlar evaziga yetkazib berish maqsadida amalga oshiriladi. Tayyor mahsulotni taqsimlash moddiy-texnik resurslarni ishlab chiqarish va ularni iste’mol qilish o’rtasidagi bo’g’in bo’lib, ishlab chiqarishdagi aylanma vositalarning aylanish uzluksizligini ta’minlovchi muhim omildir. Eski sotsialistik mamlakatlar iqtisodiyotida uzoq muddat davomida mahsulotni taqsimlash sohasiga yetarli e’tibor berilmadi. G’arb mamalakatlarida esa bu eng asosiy yo’nalish hisoblanar edi. Bundan tashqari, mahsulot va tovarlarni taqsimlash hamda yetkazib berish sohasi oqimlarning ishlab chiqaruvchilardan iste’molchigacha bo’lgan sekinlashuvchi harakati bilan xarakterli edi, bunda qondirilmagan talablar yuqori darajada, mahsulot va tovarlar yetishmovchiligi, iste’molchi ehtiyojini ishonchli ta’minlash darajasi va xizmat ko’rsatish sifatining pastligi kabi jiddiy kamchiliklar mavjud edi. O’tgan davrlarda mahsulot va tovarlarni taqsimlash sohasi doimo “qoldiq tamoyili” ostida moliyalashtirilib, boshqaruv rahbariyatida mazkur soha ahamiyatini kamaytirish va odilona tushunmaslik kamchliklari mavjud edi. Taqimlash sohasining ko’p turdagi material oqimlarni boshqarish tizimi tashkiliy-texnologik bazasi va infrastrukturasi o’zaro yetarli darajada bog’lanmagan vertikal tekislikda markazlashgan tarmoq va hududiy ta’minot hamda tarqatish organlari tashkil etardi. Ularga misol sifatida sobiq Ittifoq miqyosida faoliyat ko’rsatgan “Davta’minot”, “Davqurilish”, “Davagrosanoat” va “Davneftmahsulot” kabi tuzilmalarni ko’rsatish mumkin. O’tgan davrda sobiq Ittifoq tasarrufida bo’lgan barcha respublikalar ishlab chiqaruvchilari hozirgacha ham ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish va taqsimlashda, bozor qitisodiyotini o’rganishda, iqtisodiy jihatdan eng ratsional sotuvchi va taqsimlash kanallarini tanlashda katta qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Bunday holatning asosiy sabablari sifatida logistik xarajatlar yuqoriligi, tovar harakatini ta’minlovchi infratuzilmaning sekin rivojlanishi va zamonaviy texnologiyalar tovar harakatida, tashishda, uni omborlashtirish va saqlashda keng qo’llanilmasligi hamda shu kabi ko’plab kamchiliklarni keltirish mumkin. Hozirgi paytda tayyor mahsulotlarni taqsimlashda logistik xizmatlar autsorsingi ahamiyati oshib bormoqda. Ishlab chiqarishning logistik funktsiyalari autsorsingsiz kam va mutlaqo samarasiz bo’lib qoladi. Bu esa ishlab chiqarish va infratuzilmaga oid faoliyatlar afzalligini tenglashtirib qo’yadi, ko’p hollarda ularning afzalliklari o’rnini almashtiradi. CHunki autsorsing kompaniya uchun bajarish mushkul va samarasiz bo’lgan yo’nalishlarda shunday faoliyatga ixtisoslashgan boshqa firma va tashkilotlar xizmatidan foydalanishni ko’zda tutadi. Sobiq Ittifoq tarkibidan chiqqan va hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini rivojlantirayotgan ko’plab mamlakatlarning xom ashyo, tovar va materiallar yetkazib berish tizimida Rossiyaga xos deb ko’rsatilgan quyidagi kamchiliklar mavjud: asosiy diqqat-e’tibor ishlab chiqarishga qaratilganligi hamda taqsimlash va ta’minlash sohasiga yetarli e’tibor berilmayotganligi; taqsimlash va ta’minlash sohalarining “qoldiq tamoyili”ga ko’ra markazlashgan holda moliyalashtirilishi; tovar material resurslarning markazlashgan taqsimlash shakllari bekor qilinganligi va yagona tovar o’tkazish tizimi izdan chiqib ketishi; tovarlarning ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga sekin harakatlanishi; qondirilmagan talablar ko’pligi va yetishmovchilik mavjudligi; iqtisodiyotni boshqarishda tovarlarni taqsimlash va ular bilan iste’molchilarni ta’minlash masalalariga e’tibor sustligi; sanoat va savdo-sotiq sohalarida taqismlash tizimlarini kompleks rivojlantirish rejalari tuzilmaganligi; tovar aylanishi tizimida xarajatlar yuqoriligi va ulgurji savdo tashkilotlarida tovarlar bo’yicha ixtisoslashish yo’qligi; omborxona majmuasidan samarali foydalana olmaslik oqibatlari; o’rta va yuqori darajadagi ulgurji savdo tizimlarida tovar bozorlari tashkil etilmaganligi; tarqatish va ta’minot tizimlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologilari bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori emasligi; avtomobillarda va mulьtimodal tashish tizimlari va terminallarning texnik, texnologik darajasi yuqori emasligi; jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy transport vositalari yo’qligi; transport vositalarining eskirib ketganligi; ombor xo’jaligining texnik, texnologik bazasi past darajada ekanligi; yuklarni qayta ishlash, qadoqlash va o’rashga oid zamonaviy texnologik qurilma va uskunalar yetishmasligi; ombor ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi pastligi; zamonaviy tara va o’rash vositalarini ishlab chiqaruvchi sohalar rivojlanmaganligi va sh.k. Taqsimot logistikasini boshqarish ob’ekti yuqorida ta’kidlanganidek, bu material oqim va uning harakatini ta’minlovchi axborot, moliya, xizmat va shu kabi ishlardir. Moddiy oqimlar harakati jarayonini boshqaruvchi sub’ektlar quyidagilar bo’lishi mumkin: ishlab chiqaruvchilar; vositachi institutlar (savdo sotiq va funktsional vositachilar); oxirgi iste’molchilar Yuqorida ko’rsatilgan vositachi instiutlarning ko’pligi va ulardan foydalanish mezonlari va variantlari turlichaligi tovar va mahsulotlarni tarqatish (etkazib berish) jarayonini optimal boshqarishni qiyinlashtiradi. Bir tomondan tovar - material oqimini yetkazib berish jarayonining logistik zanjir o’rtasida turuvchi bo’g’inlarni kamaytirish asosida tezlashtirish maqsadiga intilsak, ikkinchi tomondan har bir bug’inda bajariladigan funktsiyalarni ixtisoslashtirish istagi o’rtada turuvchi vositachilar sonining oshishini taqozo etadi. SHunday qilib, o’rtada turuvchi vositachi institutlar orqali mahsulot va tovar tarqatish jarayonlarini tizimli takomillashtirish – taqsimot logistikasining asosiy vazifasi va uning faoliyatini muhim sohasi hisoblanadi. Taqsimot logistikasining mikro va makro darajalardagi funktsional ta’minlanishini uning ob’ekti va sub’ekti bilan bog’langan holda aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Taqsimot logistikasining ob’ekti – tovar-material va uni ta’minlovchi yordamchi oqimlar hisoblanadi. Uning sub’ekti esa –tarqatuvchi tarmoq ishtirokchilari, ya’ni ishlab chiqaruvchilar, tovar-material oqim harakatini ta’minlovchi, turli funktsiyalarni umumlashtiruvchi vositachi institutlar va oxirgi iste’molchilardir. Taqsimot logistikasi sub’ektlariga quyidagi elementlarni kiritish mumkin: makrodarajada yetkazib beruvchi (tarqatuvchi) tashkilotlar, taqsimlash markazlari va omborlar, transport tashkilotlari, sug’urta kompaniyalari, axborot ta’minoti korxonalari, savdo tashkilotlari, konsalьting firmalar; mikrodarajada logistika bo’limi, taqsimot bo’limi, omborlar, transport va axborot bo’limlari, moliya, standartlashtirish va sifat bo’limlari; Taqsimot logistikasining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat: makrodarajada taqsimlash (tarqatish) kanallari va tarmog’ining tashkiliy tuzilmasini yaratish, taqsimlash kanallarida distryubьyutiv markazlar (bazalar, omborlar) va boshqa logistik bo’g’inlarni joylashtirish, tayyor mahsulotni tashish, taralarni qayta tashib kelish, tarqatish va yig’ish, omborlar tizimida tayyor mahsulotlarni qayta ishlash, joylashtirish va saqlash, zaxiralarni boshqarish, tayyor mahsulotga egalik huquqini berish, tovarlarning buzilmasligi va himoyalanishini ta’minlash; mikrodarajada buyurtmalar olish va qayta ishlashni ta’minlash, mahsulot va tovarlarni sotishni tashkil etish, ularni o’rash variantlarini tanlash va komplektlashtirish, mahsulotni jo’natish, iste’molchi manziliga tashib yetkazilishini nazorat qilish va topshirish, sotuvdan keyingi xizmatlarni tashkil etish, omborlarda tovar harakatini hisobga olish. Taqsimot logistikasining ta’minlovchi funktsiyalari standartlashtirish, moliyalashtirish, tavakkalchilikni sug’urtalash, axborot va ilmiy ta’minot hamda logistik servisdan iborat bo’lib, ular quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali bajariladi: makrodarajada – tavakkalchilikni sug’urtalash, narxni shakllantirish, mahsulot va tovarlarni tarqatish va bunda maxsus logistik funktsiyalarni bajarishning axborot-kompьyuter tizimida qo’llab- quvvatlashni amalga oshirish; mikrodarajada – tayyor mahsulot sifatini saqlash borasidagi standartlar bajarilishini ta’minlash, soliq to’lovlari, mahsulotni yetkazib berish rejasi bajarilishini nazorat etish. 2. Omborda logistika jarayonlarini tashkil etish va modellashtirish tamoyillari. Omborning faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari. "Jismoniy taqsimot" tushunchasi, uning mohiyati va roli Omborning asosiy vazifalari: omborning foydali maydonini aniqlash; ishlov berish uskunasining maqbul miqdorini aniqlash; ishlov berish uskunasining optimal yuklanishini aniqlash; omborning foydali maydonidan maqbul foydalanish strategiyasini ishlab chiqish; ombor sig'imidan foydalanishni optimallashtirish; mahsulotni saqlash vaqtini qisqartirish; Ombor aylanmasi koeffitsientining oshishi. Omborning asosiy funksiyalari: 1. yuklarni birlashtirish. Transport xarajatlarini qisqartirish va iste'molchining yuk tushadigan joyida transport tiqilib qolishining oldini olish uchun ombor ma'lum bir savdo maydonchasiga yuboriladigan katta miqdordagi aralash partiyalarga tovarlarni birlashtirish vazifasini bajarishi mumkin; 2. tovarlarni ajratish. Ombor bir nechta mijozlar uchun mo'ljallangan ishlab chiqaruvchilardan tovarlarni qabul qiladi, buyurtmalarga muvofiq ularni kichik qismlarga ajratadi va har bir iste'molchiga yuboradi (yetkazib beradi); 3. zaxiralarni to'plash va saqlash. Zaxiralarning konsentratsiyasi va saqlanishini ta'minlash resurslar manbalari va iste'mol talabining o'zgarishi bilan bog'liq cheklashlar sharoitida doimiy ishlab chiqarish yoki yetkazib berishni ta'minlaydi; 4. assortimentni boshqarish. Mijoz buyurtmalarini kutib olishda mahsulot assortimentining shakllanishi buyurtmalarni samarali bajarilishiga va mijoz talab qiladigan hajmda tez-tez yetkazib berishni amalga oshirishga olib keladi; 5. to'liq yuklar to'plami. Agar korxonalar jug'rofiy jihatdan tarqalib ketgan bo'lsa, tovarlarni qayta saralash va tranzit yig'ib olish qulay oraliq omborda amalga oshiriladi. Terminalga kelgandan so'ng transport vositalari tushiriladi va ma'lum mijozlar yoki bozorlar uchun konsolidatsiyalangan partiyalarda yig'iladi; 6. Ishlab chiqarish jarayonlarining asinxron tekislash Omborda ishlab chiqarish jarayonining individual operatsiyalari o'rtasidagi izchillikka erishish uchun moddiy-texnik resurslar zaxirasi shakllantiriladi; 7. xizmatlarni taqdim etish. Ombor tomonidan xizmatlarning to'rtta asosiy guruhi mavjud: moddiy xizmatlar (yetkazib berish, etiketlash, qadoqlash) tashkiliy va tijorat (transport agentliklari bilan shartnomalar tuzish, yuk tashish hujjatlarini tayyorlash va yetkazib berish, kredit hisobotlari, saqlangan tovarlarga qarz berish, qayta taqsimlash yoki komissiya asosida ortiqcha moddiy boyliklarni sotish va h.k.); saqlash (moddiy boyliklarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish, saralash, ombor maydonini ijaraga berish va boshqalar); transport va ekspluatatsiya (ekspeditorlik xizmatlari bilan tushirish). 8. ichki va tashqi iste'molchilarning buyurtmalariga muvofiq va talabga muvofiq mahsulot assortimentini iste'molchiga aylantirish; 9. mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste'mol qilish o'rtasidagi vaqtincha, miqdoriy va assortimentdagi bo'shliqlarni tenglashtirish uchun mahsulotlarni omborga joylashtirish va saqlash. Ushbu funktsiya ishlab chiqarilgan mahsulot zaxiralari asosida, shuningdek ayrim mahsulot turlarini mavsumiy iste'mol qilish bilan bog'liq holda uzluksiz ishlab chiqarish va yetkazib berishni amalga oshirishga imkon beradi; 10. mahsulotlar zaxiralarining kerakli darajasini nazorat qilish va ta'minlash. Vaqtni muvofiqlashtirish mahsulotga bo'lgan talabning paydo bo'lishi va paydo bo'lish vaqti ishlab chiqarish vaqtiga to'g'ri kelmagan hollarda amalga oshiriladi. Miqdorni tenglashtirish ommaviy ishlab chiqarishni anglatadi. Resurslarning umumiy narxini pasaytirish uchun hozirgi talabdan kelib chiqqan holda ko'proq mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Agar ishlab chiqarish joyi mahsulot iste'molchisining joylashuviga mos kelmasa, hajmlarni tenglashtirish talab qilinadi. Bu mahsulotlarni tashishni talab qiladi. Assortimentni moslashtirish keng mahsulot turlarini ishlab chiqaradigan korxonalar uchun xarakterlidir; turli vaqtlarda talab qilinadi. Iste'molchilar ishlab chiqarish dasturiga kiritilgan mahsulotlarning barchasiga buyurtma bera olmasliklari sababli, talabni tenglashtirish uchun omborxonadan foydalaniladi, bu yerda mahsulotning barcha assortimenti saqlanadi. Omborni tashkil qilish uchun talablar: kompaniyaning omborlari ixtisoslashgan, chunki turli xil fizikkimyoviy xususiyatlarga ega mahsulotlar turli xil saqlash rejimlarini talab qilishi mumkin; omborxona mahsulotlarni saqlash uchun tokchalar, javonlar, shkaflar va tortmalar bilan jihozlangan; har bir turdagi mahsulotga mahsulot nomi, uning nomi raqami, markasi, navi, o'lchami, o'lchov birligi ko'rsatilgan holda etiketlanadi. Yorliq ushbu turdagi mahsulotni saqlash joyiga biriktirilgan; Yonuvchan moddalar ular uchun maxsus moslashtirilgan, boshqa omborlardan ajratilgan va yong'inga qarshi uskunalarga ega xonalarda saqlanadi; ochiq saqlash materiallari (g'isht, qum, shag'al, metall va boshqalar) ularni maxsus yog'ingarchilik ta'siridan himoya qiladigan soyabon ostida maxsus mo'ljallangan omborxonaga joylashtiriladi. Shtrixli kodlash texnologiyasini joriy qilish uchun omborni tashkil qilishning asosiy talablari: omborga kiradigan mahsulotlarning kamida 80% shtrixli kod bilan belgilanishi kerak; omborda mahsulotlarni qabul qilish va taqsimot punktlari avtomatlashtirish tizimiga ulangan skanerlash uskunalari bilan jihozlangan bo'lishi kerak; Skanerlash uskunalari foydalanish shartlari va ishonchlilik talablariga javob berishi kerak. Omborda mahsulotlar uchun shtrixli kodlash tizimini joriy etish shartnomasi quyidagilarni o'z ichiga oladi: dastlabki tadqiqotlar; to'liq hajmdagi texnik topshiriqni tayyorlash; uskunalarni yetkazib berish va ulash; avtomatlashtirish tizimining dasturiy ta'minotini ishlab chiqish; tizimni o'rnatish; xodimlarni o'qitish va tizimni ishga tushirish. Download 225 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling