13-mavzu. Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor jarayonlarini boshqarish faoliyati
Download 225 Kb.
|
13 mavzu Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadal tarqatish
- 4. Mavjud materiallar zahirasi jismoniy taqsimotini boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishlari
Eksklyuziv vositachilar ma’lum bir ishlab chiqaruvchi tovarlarini tegishli geografik hududda faqat bir diler vositasida yetkazib berish siyosatini olib boradi. Masalan, avtomobilь dilerlari o’z hududlarida o’z tovarlarini sotish bo’yicha eksklyuziv huquqqa ega bo’ladi.
Selektiv vositachilar bilan hamkorlikda ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini belgilangan hududda o’tkazish uchun ulardan ma’lum bir qismini tanlab oladi. Ko’pgina sport kiyimlari va boshqa tovarlar selektiv vositachilar yordamida sotiladi. Jadal tarqatish siyosatini tanlagan ishlab chiqaruvchilar imkon boricha ko’p sonli vositachilarni o’z mahsulotlarini o’tkazishga jalb etishga urinadilar. Misol sifatida sut ishlab chiqaruvchi firmalar faoliyatini ko’rsatish mumkin. Zaxiralarga egalik qilish va ularni boshqarishda mas’uliyat darajasi va moliyaviy tavakkalchilik shakli bo’yicha asosiy va maxsus vositachilarni ajratish mumkin. Asosiy vositachi – bu zaxiralarga egalik qilish borasidagi mas’uliyatni yoki boshqa moliyaviy tavakkalchilik shaklini qabul qilgan kompaniyadir. Maxsus vositachi – ma’lum to’lovlar asosida muhim maxsus xizmatlar ko’rsatuvchi ishtirokchi kompaniyadir. Masalan, yuk tashuvchilarning ishtiroki va ular qabul qilayotgan tavakkalchilik aniq transport operatsiyalarini bajarish bilan cheklangan va shu tufayli ular kanalning maxsus ishtirokchilari hisoblanadi. 4. Mavjud materiallar zahirasi jismoniy taqsimotini boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishlari Tovar va mahsulotlar yetkazib berish logistik zanjirida taqsimlash kanallarini loyihalash va ular faoliyatini tahlil etish uslubiyotini yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu borada hozirgi paytda foydalaniladigan vositachi insititutlarning quyidagi besh usulini ko’rsatish mumkin: -guruhlashtirish usuli; -tovar-material oqimlari taqsimlash kanallarini guruhlashtirish usuli; -taqsimlash kanallarining funktsional vazifalarini tahlil etish usuli; -taqsimlash kanallarining tuzilmaviy tarkibini tahlil etish usuli. Vositachi institutlarni guruhlashtirish usuli asosan vositachilarni ko’rsatayotgan xizmat turlariga muvofiq guruhlarga ajratadi. Bunda birinchi galda vositachilar ikki guruhga 1) savdo-sotiq va 2) funktsional vositachilarga bo’linadi. Savdo-sotiq vositachilari tovarni butunlay o’z tasarrufiga hamda mos ravishda bunday egalikdan kelayotgan tavakkalchilik mas’uliyatini ham o’z zimmasiga oladi. Funktsional vositachilar esa bunday tavakkalchilik mas’uliyatidan ozod va ular o’z iste’molchilariga kerakli xizmatlarni ko’rsatadi. Guruhlashtirishning keyingi bosqichida ulgurji savdo-sotiq vositachilari ko’rsatayotgan xizmat turlariga ko’ra sinflarga ajratiladi. Bunda ular funktsiyalarining to’laqonliligi ham e’tiborga olinadi. O’zining barcha funktsiyalari bo’yicha ish yurituvchi vositachi katta hajmda sotib olish operatsiyalarini bajaradi, tovarlarning katta partiyasini maydalashtirish, komplektlashtirish va navlar, turlarga ajratish ishlari bilan shug’ullanadi, ularni sotish ishlarini amalga oshiradi. Bunday funktsiyalarni bajarish uchun vositachi katta omborlarni ijaraga oladi yoki xarid qiladi, tegishli mutaxassislar va xodimlarni ishga jalb etadi. Bunday vositachi bevosita savdo-sotiq ishlari, tovarlarni jismoniy taqsimlash, kreditlar berish va qarzlarni yig’ish va iste’molchilarga maslahat hamda axborot xizmatlari ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Mazkur yondashuv D.Bauersoks tomonidan tavsiya etilgan bo’lib,2 uning asosida yotgan turli qarama-qarshiliklar haqida manbalarda tanqidiy mulohazalar keltirilgan. Masalan, asar boshida guruhlashtirish mezoni sifatida marketing xizmatlari, undan so’ng ko’rsatilayotgan xizmatlar to’laqonliligi, keyinroq tavakkalchilik darajasi, nihoyada esa operatsiyalarning o’z hisobidan o’tkazib olinganligi guruhlashtirish chegaralarini yuvib yuboradi. Ikkinchi guruhlashtirish mezoni taqsimlash kanallarini ulardagi material oqimlar harakatiga muvofiq alohida sinflarga ajratishni ko’zda tutadi. Masalan, iste’mol tovarlarini yetkazib beruvchi quyidagi taqsimlash kanallarini ko’rsatish mumkin: a) ishlab chiqaruvchi – iste’molchi; b) ishlab chiqaruvchi – ulgurji sotib oluvchi – chakana sotuvchi – iste’molchi; v) ishlab chiqaruvchi – agent (yoki broker) – ulgurji savdogar – chakana savdogar – iste’molchi. Xuddi shunday ishlab chiqarish uchun iste’mol tovarlarini yetkazib beruvchi taqsimlash kanallarining ham bir qancha variantlarini ko’rsatish mumkin: a) ishlab chiqaruvchi -– ishlab chiqarishga iste’mol etuvchi; b) ishlab chiqaruvchi – ishlab chikarish distribьyuteri – ishlab chiqarishga iste’mol etuvchi. Hozirgi paytda taqsimlash kanallarining aniq sxemalarini belgilash va ular bo’yicha ish ko’rish masalasi birmuncha murakkablashmoqda. Ayniqsa, zamonaviy savdo-sotiqning turli tashkiliy shakllari yuzaga kelishi, masalan, umumlashgan ulgurji savdo yoki bir turdagi mahsulotni do’konda,yonilg’i quyish shaxobchalarida, jihozlar yoki bog’bonlik do’konlarida sotish va h.k. Bunday materiallar oqimlari o’rgimchak to’ri singari ayqash-uyqash kanallar orqali yetkaziladi. Tarqatuvchi kanallar sxemalarini ishlab chiqish asosida taqsimlash institutlari faoliyatining logistik ketma-ketligini belgilab olish mumkin bo’ladi. Download 225 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling