13-mavzu. Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor jarayonlarini boshqarish faoliyati
Download 225 Kb.
|
13 mavzu Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqsimlash kanali
Funktsional usul tovar va mahsulotlarni tarqatishning asosiy funktsiyalarini aniqlash va ularni bo’laklashtirish yo’li bilan tegishli mexanizm va ijrochilarga taqsimlab berishdan iboratdir. Tuzilmaviy usul esa taqsimlash kanallari tuzilmaviy tarkibini tahlil etish va aniqlashga asoslanadi. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi logistik tarqatish tizimidagi material oqimlar harakatining dastlabki va so’nggi manzillarini belgilaydi. Bu ikki manzil taqsimlash kanali bilan bog’langandir. Taqsimlash kanali – material oqimlarni chiqish manbaidan iste’molchiga yetkazib berishni amalga oshiruvchi sub’ektlarning qisman tartibga tushirilgan to’plamidir. Mazkur to’plam material oqimning jo’natuvchidan iste’molchigacha bo’lgan harakatini ta’minlovchi ishtirokchilar va logistik zvenolar aniq belgilanmaguncha qisman tartiblashtirilgan holatida qolaveradi. Agar bunday tartiblashtirish amalga oshirilsa, unda mazkur logistik kanal logistik zanjir ko’rinishini oladi. SHunday qilib logistik taqsimlash zanjiri (LTZ) – bu material oqimni dastlabki shakllanish manzilidan iste’molchiga yetkazib berishni amalga oshiruvchi sub’ektlarning tartibga tushirilgan to’plamidan iboratdir. Ta’kidlash lozimki, tarqatish logistikasida material oqimlar harakatlanuvchi zanjirni optimallashtirish eng asosiy va ayni paytda eng murakkab boshqaruv yechimi bo’lib, u oqimlar jarayonini boshqarish bilan bog’liq boshqa barcha yechimlarga bevosita ta’sir etadi. Har qanday jarayonni loyihalashtirish uslubi xarajatlar ketma-ketligining dastlabki belgilanishiga asoslanadi va keyin mazkur harakatlar ma’lum tashkiliy-cheklovchi va maqsadli, optimallashtiruvchi hamda axborot yechimlari bilan mazmunan boyitiladi. LTZni shakllantirish jarayoni dastlab o’zining tashkiliy fazasida bo’lib, unda amaldagi va loyihalanuvchi logistik zanjir tahlil etiladi, keyin esa shakllantirilgan tarqatuvchi zanjirning boshqarilishi, ya’ni loyihalashtirilgan tizimni ekspluatatsiya etish fazasi boshlanadi. Amalda tarqatish tizimini takomillashtirish sinab ko’rish va xatolarni tuzatish yo’li bilan amalga oshiriladi. Ammo bunday yondashuvni eng ma’qul yo’l sifatida qabul qilish maqsadga muvofiq emas. Loyihalashtirilayotgan tarqatish tizimi kanallarini shakllantirishning samarali yo’li eng yaxshi kanallar tizimini yaratishga asoslangandir. Buning uchun birinchi navbatda tizimning eng quyi darajasida sub’ektning ma’lum mahsulot (yoki xizmat)ni taqsimlovchi (jo’natuvchi) tashkilotlarga qo’yiladigan namunaviy talablari aniqlanadi. Masalan, bozordagi eng past narx-navo, qarzga berish imkoniyati va tovarlarning kichik partiyalarini jadallik bilan yetkazib borish imkoniyati, texnik vosita va qurilmalarini ishga tushirish va foydalanish bo’yicha maslahatlar berilishi va shu kabilar.
Keyingi bosqichda mazkur ideal tuzilma amaldagisi bilan solishtiriladi, bozorni maxsus sharoiti tahlil etiladi, davlat va boshqa tashkilotlar tomonidan qo’yilayotgan hamda ideal tizimning faoliyat ko’rsatishiga xalaqit berayotgan to’siqlar va cheklovlar aniqlanadi. Loyihalashtirishdan oldingi tayyorgarlik ishlari loyihalashtirish topshirig’ini ishlab chiqish bilan tugallanadi va bu topshiriqda loyiha tadbirlari asoslab beriladi va bayon etiladi. Loyihalashtirish jarayonida LTZni ishlab chiqish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: Material oqim jo’natuvchilari va iste’molchilarini aniqlash; Etkazib beruvchi kanalning turli va asosiy tavsifini (selektiv, eksklyuziv, kanalni quvvati, uning eni va uzunligi ); Kanal darajasini aniqlash; Material oqimning harakatlanish yo’nalishlarini aniqlash; LTZ ishtirokchilarining tashkiliy-huquqiy munosabatlarini aniqlash; LTZni iqtisodiy asoslash. Yuqorida sanab o’tilgan bosqichlar bajarilishi ma’lum analitik va uslubiy omillarga asoslanadi va ular ichida birinchi navbatda tashqi muhitning makroiqtisodiy sharoitlari (mehnat va kapital bozori, inflyatsiya darajasi, raqobat, qonunchilik va boshq.) hamda material oqim jo’natuvchi va oluvchilarning logistik strategiyalarini ko’rsatish mumkin. Logistik tarqatish zanjir faoliyat samaradorligini shakllantiruvchi omillar quyidagilardan iborat: Vositachilarni, ya’ni LTZ darajalarini tanlash; Optimallik mezoni va LTZ cheklovlarini aniqlash. LTZ darajasini tanlash ularni baholashga imkon beruvchi ko’rsatkichlarga asoslanadi. Quyida mazkur ko’rsatkichlar tarkibi va mazmun- mohiyati haqida to’xtalamiz. Download 225 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling