13-mavzu. Turizmning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi prognoz qilish reja


Hususiy sektor korxonalari 3 ta asosiy huquqiy shakl (yakka, sherikchilik va korporatsiya) bo‘yicha farqlanadi


Download 38.68 Kb.
bet2/5
Sana28.02.2023
Hajmi38.68 Kb.
#1237173
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu

Hususiy sektor korxonalari 3 ta asosiy huquqiy shakl (yakka, sherikchilik va korporatsiya) bo‘yicha farqlanadi.
Postindusrial jamiyat sharoitida iktisodiyot hususiy sektori rivojlanishining xususiyatlarini tasavvur etishdan oldin amerikalik iqtisodchisi Elbreyt yaratgan iqtisodiy tizim umumiy nazariyasi asosiy shartlari bilan tanishib chiqish kerak. Bu an’anaviy iqtisodiyot nazariyasi (ekonomiks)ni tanqid qiluvchi muqobil nazariyallar orasida eng tizimga solingani va rivojlantirilgani, institutsion ijtimoiy yunalishning eng yangi nazariyasidir.
1 .«Ekonomiks» zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimi; uning «yuzi»ni yirik korporatsiyalar tizimi belgilab berish omilini hisobga olmaydi. Bir nechta yirik korporatsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy tizimning bir tarmog‘ini egallab olishsa, ular oligopoliyalarni tashqil etishadi. Mamlakat YAIMsida oligopoliyalar ishlab chiqarishning ulushi o‘zgargach, ijtimoiy-iqtisodiy tizimning tabiati ham o‘zgaradi.
2.Oligopoliya nobozor tuzilmasidir, chunki iqtisodiy qudratga ega bulgach, u noiqtisodiy majburlash kudratiga ham ega bo‘ladi.
3.Davlat organlari oligopoliyalarni qo‘llab-kuvvatlashadi, chunki ular, odatda, fan talab qiladigan, butun YIT, mamlakat mudofaasi uchun ahamiyatli tarmoqlarda paydo bo‘lishadi.
Buyurtmachi rolida katnashgan davlat organlari (harbiy texnika, kosmik sanoat, davlat zaxiralari va rezervlari) korporatsiyalar bilan o‘zaro muddatli kontrakt munosabatlar bilan bog‘lanadilar. SHunday qilib, davlat texnotuzilmasi (byurokratik apparat) korporatsiyalarning texno tuzilmasi bilan birlashib, ularning rivojlanishidan bevosita manfaatdor bo‘lishadi.
Rivojlangan mamlakatlar tashqi iqtisodiy faoliyatda yirik korporatsiyalarni, ularning manfaatlarini nafaqat iqtisodiy va yuridik vositalar bilan, balki qurol kuchi bilan ham qo‘llab-kuvvatlaydi. E.G.Kochetovning «Jaxon iqtisodiyoti» darsligida bu Aniqlashtirilib, NATO, uning harbiy qudratidan transmilliy va ko‘pmilliy korporatsiyalarning tashqi iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun foydalanishi ta’kidlanadi.

Download 38.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling