13-mavzu. Yong‘inga xavfli zonalardagi elektr qurilmalar Reja


Elektr apparatlari va asboblari


Download 174.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.05.2023
Hajmi174.67 Kb.
#1444802
1   2   3   4
Bog'liq
13 маъруза

Elektr apparatlari va asboblari 
Yong‟inga xavfli zonalarda qobig‟ining himoya darajasi “1000 V gacha 
kuchlanishli elektr apparatlar. Qobiqlari. Himoya darajasi” davlat standartiga muvofiq 
lekin 7.4.2-jadvalda ko„rsatilgan qiymatlardan kam bo„lmagan himoyalangan qobiqli 
elektr apparatlar, asboblar, shkaflar va yig‟ma qisqichlardan foydalanish mumkin
Apparatlar va asboblar o„rnatilgan muhit sharoitlariga qarab, qobiqni suv 
kirishidan (belgilanish darajasi-2) himoya qilish darajasini o„zgartirishga ruxsat 
beriladi. 
SHkaflarga o„rnatilgan apparatlar va asboblar 7.4.2-jadvalda ko„rsatilgan 
qiymatlardan kam bo„lgan himoya qobig‟iga (shu jumladan IR00 ijrosidagi) ega 
bo„lishi mumkin, bunda shkaflar bu yong‟inga xavfli zona uchun 7.4.2-jadvalda 
ko„rsatilgan qiymatlardan kam bo„lmagan qobiq himoya darajasiga ega bo„lishi lozim. 
Har qanday sinfli yong‟inga xavfli zonalarida ortiqcha bosim ostida toza havo 
bilan puflanadigan apparatlar, asboblar, shkaflar va yig‟ma qisqichlardan ishlatilishi 
mumkin. 
Har qanday sinfli yong‟inga xavfli zonalarida moy bilan to„ldirilgan apparatlar 
va asboblar ishlatilishi mumkin (bu apparatlar va asboblardan foydalanish taqiqlangan 


kislorod qurilmalari va ko„tarish mexanizmlari bundan mustasno). 
Yoritish tarmoqlarining shitlari va o„chirgichlarini har qanday sinfli yong‟inga 
xavfli zonalaridan tashqariga olib chiqish tavsiya etiladi, agar bu rangli metallarning 
sezilarli darajada qimmatlashishi va sarflanishiga olib kelmasa. 
Har qanday sinfli yong‟inga xavfli zonalari mavjud bo„lgan omborxonalarning 
qulflovchi elektr qurilmalari, ichkarida bo„lishidan qat‟iy nazar binolardan tashqarida 
o„rnatilgan bo„lishi kerak. O„chirish apparatlari muhrlash uchun mo„ljallangan 
yonmaydigan materiallardan tayyorlangan yashikda va alohida tayanchda o„rnatilishi 
kerak. 
O„chirish moslamalariga, kunning istalgan vaqtida xizmat ko„rsatish imkoni 
mavjud bo„lishi kerak. 
Agar har qanday sinfli yong‟inga xavfli zonalarida ishlab chiqarish shartlariga 
muvofiq elektr isitish moslamalari talab etilsa, isitiladigan ishchi qismlar yonuvchan 
moddalar bilan aloqa qilishidan himoyalangan bo„lishi kerak va moslamalar 
yonuvchan bo„lmagan materialning ustiga o„rnatilgan bo„lishi kerak. Elektr isitish 
qurilmalaridan issiqlik ajarilishidan himoya qilish uchun yonuvchan bo„lmagan 
materiallardan tayyorlangan ekranlar o„rnatilishi kerak. 
Har qanday sinfli yong‟inga xavfli zonalari mavjud bo„lgan omborxona 
binolarida, shuningdek arxivlar, muzeylar, galereyalar, kutubxonalar binolarida 
(maxsus mo„ljallangan xonalardan tashqari, masalan, bufetlardan tashqari) elektr 
isitgichlardan foydalanish taqiqlanadi. 

Download 174.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling