13-mavzu. Yong‘inga xavfli zonalardagi elektr qurilmalar Reja
Download 174.67 Kb. Pdf ko'rish
|
13 маъруза
Elektr mashinalari
Har qanday sinfli yong‟inga xavfli zonalarda 10 kVgacha bo„lgan kuchlanishli elektr mashinalar qo„llanilishi mumkin, bunda ularning qobig‟i “Elektr aylanuvchi mashinalar. Aylanadigan elektr mashinalarining qobiqlarining himoya darajasini tasniflash” davlat standartiga muvofiq himoyalangan bo„lishi va 7.4.1-jadvalda ko„rsatilgan qiymatdan kambo„lmasligi lozim. Har qanday sinfli yong‟inga xavfli zonalarida yopiq yoki ochiq tsiklli shamollatilishi toza havo bilan puflanadigan elektr mashinalar ishlatilishi mumkin. Ventilyatsiya tizimi yopiq tsiklda bajarilganida, qurilmadagi havo yo„qotishlarini bartaraf etish va mashinalar hamda kanallarda ortiqcha bosim hosil qilinmasligi ta‟minlanishi kerak. Mashinaning o„rnatilgan muhit sharoitlariga qarab, qobiqni suv kirishidan (belgilanish darajasi-2) himoya qilish darajasini o„zgartirishga ruxsat beriladi. Elektr sanoati tomonidan qobig‟ining himoya darajasi IR44 bo„lgan yirik sinxron mashinalari, o„zgarmas tok mashinalari va statik o„zgartirgich agregatlarni ishlab chiqarilishi o„zlashtirilguniga qadar, P-IIa sinfli yong‟inga xavfli zonalarida qobig‟ini himoya darajasi kamida IP20 bo„lgan mashina va agregatlar qo„llanilishi mumkin. Elektr mashinalarini ventilyatsiya qilish uchun havo yonuvchan moddalarning bug‟ va changini o„z ichiga olmaydigan bo„lishi lozim. Qayta ishlangan havoni yong‟inga xavfli zonasiga chiqarilishiga yo„l qo„yilmaydi. Har qanday sinfli yong‟inga xavfli zonalarida ko„tarib yuriladigan elektrlashtirilgan asbobning elektr qurilmalari qobiqni himoya qilish darajasi kamida IR44 bo„lishi kerak; yong‟inga xavfli bo„lgan joylarda uskunalarni ta‟mirlash uchun maxsus texnologik talablarni bajarish sharti bilan qobig‟ini himoya darajasi IPZZ bo„lishiga ruxsat beriladi. Normal ish sharoitlari uchqun chiqarib ishlaydigan qismlarga ega bo„lgan elektr mashinalar (masalan, kontaktli halqalarga ega elektr dvigatellar) yonuvchan moddalardan kamida 1 m masofada joylashgan bo„lishi yoki ulardan yonmaydigan ekran bilan ajratilgan bo„lishi kerak. Yong‟inga xavfli bo„lgan hududlarda o„rnatilgan mexanizmlar uchun quyidagi shartlar bajarilganda, 7.4.1-jadvalda ko„rsatilgan qobig‟ini himoya darajasi kamroq bo„lgan elektr dvigatellaridan foydalanishga ruxsat beriladi: -elektr dvigatellar yong‟inga xavfli hududlardan tashqarida o„rnatilishi kerak; -mexanizmning yuritmasi devor orqali o„tkazilgan val yordamida amalga oshirilishi kerak. Download 174.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling