130. Moliyaviy bashoratlash deb nimaga aytiladi?
Hisob palatasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq taftish zimmasiga qanday funksiyalarni bajarish yuklatilgan?
Download 64.92 Kb.
|
moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq nimalar uning asosiy vazifalari deb belgilangan
163. Hisob palatasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq taftish zimmasiga qanday funksiyalarni bajarish yuklatilgan?
Hisob palatasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga nazorat, monitoring va tahliliy ishlar hamda quyidagi funksiyalarni bajarish yuklatilgan: • makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, byudjet-soliq va pul-kredit parametrlarining shakllanish jarayonlarini tizimli o ‘rganib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatib borish; • davlat byudjeti, uning daromad va xarajatlar qismlari asosiy parametrlari va moddalarining ijro etilishi ustidan nazorat o‘rnatish; • davlat byudjetini ijro etish, soliq tushumlari va pul ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasdiqlangan parametrlarni tuzatish bo‘yicha takliflarning asoslanganligi va ularning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini ко‘rib chiqish; • m intaqalar va umuman jamiyat rivojlanishida mahalliy boshqaruv organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari rolini oshirish maqsadida respublika byudjeti bilan mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi o ‘zaro nisbatlarning maqbulligiga erishish bo‘yicha takliflarni tahlil qilish va baholash; • mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha tasdiqlangan parametrlar hisobidan davlat mablag‘larini xarajat qilish bo‘yicha chetga chiqishlar aniqlangan hollarda tekshiruvlar o‘tkazish, ulardan foydalanishda tartibbuzarliklar va suiste’molliklarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish; ® umuman byudjet daromad qismining ijrosi ustidan hamda m intaqalar bo‘yicha manbalar, soliq va bojxona organlaridan tolovlaraing kelib tushishi to‘liqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish; • byudjet jarayonida chetga chiqishlarni tahlil qilish va o ‘rganish, ularni bartaraf etish va byudjet qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; • milliy valyutani mustahkamlash, inflyasiyani pasaytirish hamda iqtisodiy o‘sish va narxlar barqarorligi ko‘rsatkichlarining optimal birligiga erishish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va baholash; • oltin-valyuta zaxiralari, shujum ladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlami ishlab chiqarish va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni nazorat etish, yo‘qotishlar va suiste’molliklar kanallari va imkoniyatlarini yo‘qotish maqsadida davlat oltin-valyuta zaxiralarining butun harakati tiniqligini ta’minlash; • tashqi aktivlarni boshqarish bo‘yicha hisobot va balans hisob— kitoblarini tahiil etish, oltin-valyuta zaxiralarini chet el banklarida joylashtirish va qayta joylashtirishning asoslanganligi va samaradorligini nazorat qilish; • davlat tashqi qarzlarini boshqarish ustidan monitoring o‘matish va ularga birinchi navbatda, Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida olingan kreditlar bo‘yicha o ‘z vaqtida xizmat ko'rsatilishini nazorat etish; • eksportni rivojlantirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti bashoratlarini bajarish, mahsulot import qilishni maqbullashtirish, tashqi savdo va to‘lov balanslari ijobiy qoldig‘ini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat etish; • chet davlatlarda davlat mulkini realizatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tahiil o ‘tkazish va ularning nazorat etilishini ta’minlash; ® respublikada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar konlarini qazish va ulardan foydalanish yuzasidan chet el kompaniyalarining takliflarini ko‘rib chiqish; • 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki uning kafolati ostida chet el kreditlari va qarzlarini jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligi, xalqaro moliya bozorlariga respublika qarz majburiyatlari chiqarishning maqsadga muvofiqligini tahiil etish; • olib borilayotgan byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta va tashqi savdo siyosatiga ta’sir ko‘rsatuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ekspertiza qilish; • vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ish-faoliyatini muvofiqlashtirish; • Hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan masalalar bo‘yicha tahlHiy ishlanmalarni tashkil etish va o‘tkazish, ular asosida hisobot va takliflar tayyorlash hamda ko‘rib chiqish uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish. 164. Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq nimalar uning asosiy vazifalari deb belgilangan? Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to ‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq quyidagilar uning asosiy vazifalari deb belgilangan: — iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tijorat banklari tomonidan to ‘lov intizomini mustahkamlash va hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish, soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘liq to ‘lash bo‘yicha amaldagi qonunchilik m e’yorlariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash; — korxonalarning debitorlik qarzlari ahvolini tahlil etish, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari, xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjetga to ‘lovlar bo‘yicha boqim andalarini qisqartirish bo‘yicha ta ’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli soliqlar va majburiy to ‘lovlarning to ‘liq undirib olinishini ta’minlash; — korxonalar va tashkilotlar aylanma mablag‘larining ajratib olinishi, shujumladan tayyor mahsulot zaxiralariga va tugallanmagan qurilishga ajratilishi sabablari va yo'nalishlarini aniqlash hamda ularni qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Download 64.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling