130. Moliyaviy bashoratlash deb nimaga aytiladi?
Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Download 64.92 Kb.
|
moliya
173. Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Auditorlik nazorati nodavlat moliyaviy nazoratining yangi turi bo‘lib, u mustaqillikning dastlabki yillarida 0 ‘zbekistonda ham paydo bo‘ldi. Iqtisodiyotni boshqarishda bozor tizimiga o‘tilishi va turli tijorat tizimlarining paydo bo‘lishi bilan ularning moliyaviy ishonchliligiga, shuningdek moliyaviy holatini ob’ektiv baholashga nisbatan talablar keskin oshirildi Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari buxgalterlik va moliyaviy hisobotda ishonchlilikni hamda bajarilayotgan moliyaviy va x o ‘jalik operatsiyalarining am aldagi m e’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash, tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektlarning to'lov-hisobot hujjatlarini, soliq deklaratsiyalarini va boshqa moliyaviy majburiyatlarini tekshirishdan iborat. 174. Auditorlik xizmatlari yana qanday boshqa xizmatlarni ham ko'rsatishlari mumkin? Auditorlik xizmatlari quyidagi boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatishlari mumkin: • buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish va olib borish; • • daromadlar haqida buxgalteriya hisobotini va deklaratsiyani tuzish; • moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va bashoratlash; • buxgalteriya xizmati xodimlarini o‘qitish va qonunchilik masalalarida maslahat berish; • auditorlik tekshiruvlari natijasida olingan tavsiyalarni ishlab chiqish; • va boshqalar. 175. Auditorlik tekshiruvining qanday turlari mavjud? Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbusli boiishi mumkin. Agar tashabbusli tekshiruv iqtisodiy sub’ektning o‘z qarori bo‘yicha amalga oshiriladigan bo‘lsa, majburiy audit uning xohish-irodasi va istagiga bog‘liq bo‘lmagan va qonunchilikda belgilangan hollarda majburiy tartibda o'tkaziladi 176. Har yili qanday sub’ektlar majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi shart? Har yili majburiy auditorlik tekshiruvi: • aksiyadorlik jamiyatlari; ® banklar va boshqa kredit tashkilotlari; sug'urta tashkilotlari; investitsion va boshqa jamg‘armalar, yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘lari, ularning boshqaruvchi kompaniyalari; • yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratma mablag‘lari ularning asosiy m anbalari bo‘lgan xayriya va boshqa ijtimoiy jam g‘armalar; • hosil bo‘lish manbalari qonunchilikda nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tom onidan amalga oshiriladigan majburiy ajratmalardan iborat bo‘lgan byudjetdan tashqari fondlar, ustav jam g‘armasida davlatga tegishli ulushi bo‘lgan xo'jalik yurituvchi sub’ektlarda o‘tkazilishi shart. 177.Auditning asosiy tamoyili nimadan iborat? Auditning asosiy tamoyili uning mustaqilligi bo‘lib, bunda asosan tekshirilayotgan sub’ektning moliyaviy hisobotito‘g‘risidagi kasbiy fikrini ifodalashda biror tomonning ta’siri ostida bo‘lishdan uning ozod ekanligini tushunish lozim. Shu bilan birga, yana shuni hisobga olish kerakki, audit barcha mamlakatlarda yetarli darajada qattiq tartibga solinadi. Download 64.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling