133 so 'z Go'zallikta'rifi


Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish


Download 99 Kb.
bet14/23
Sana10.11.2021
Hajmi99 Kb.
#172965
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Диктантлар рейтинг учун 28 бет 28 вариант бар

Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish

O‘zbekistonda inson va fuqarolar atrof tabiiy muhitiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburligi Konstitutsiyaning 50-moddasida mustahkamlangan. Inson tabiatning eng muqaddas boyligidir. Inson salomatligi, uning taqdiri, hayoti uchun tabiiy muhit nihoyatda zarurdir. Shu boisdan bu muqaddas burchni bajarish har bir fuqarodan aql, zakovat va tabiatga mehr, muruvvat talab qiladi. Tabiiy muhit qanchalik sog‘lom bo‘lsa, insonlar, ayniqsa, yoshlar jismonan sog‘lom, baquvvat, kuchli, shijoatli bo‘lib kamol topadi.

Fan va texnikaning taraqqiyoti avj olgan hozirgi kunda insoniyatning hayot kechirish maskani bo‘lmish tabiiy muhit alohida muhofazaga muhtoj. Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, asrash “EKOSAN”, “Orolni qutqarish” jamoat birlashmalari va davlatning maxsus organlari tizimi tomonidan tashkil qilinadi. Har bir fuqaro o‘zi yoki mana shu kabi jamoat tashkilotlarining faoliyatlarida, davlatning tabiatni muhofaza qilish organlari faoliyatida faol qatnashib, o‘zining konstitutsiyaviy burchlarini ado etishi zarur. Konstitutsiyada belgilangan bu qoidani amalga oshirish, bu burchning mazmunini ochib berish uchun muhim joriy qonunlar ham belgilangan.
(142 so‘z)


Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling