Tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni asrab-avaylash
O‘zbek xalqi boy tarixiy, ma’naviy va madaniy meros sohibidir. Shu boisdan Konstitutsiyada: “Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdir”, - deb belgilangan. O‘zbek xalqi o‘zi yaratgan tarixiy, ma’naviy, madaniy boyliklarni to‘la saqlash va asrash imkoniyatiga ayrim davrlarda ega bo‘lmagan. Ayniqsa, sobiq sho‘rolar davrida xalqimizning juda ko‘p tarixiy, ma’naviy va madaniy boyliklari talon-taroj qilingan, xorijiy davlatlarga olib ketilgan, o‘zaro va bosqinchilik urushlarida yakson qilingan. Asrlar bo‘yi shakllangan o‘zbek davlatchiligi, huquqiy, madaniy meros namunalari sobiq sho‘rolar davrida e’tiborsiz qoldirilgan.
Bugungi kunda xorijiy davlatlarga olib ketilgan va xalqimizning bebaho boyliklarini qaytarish masalalari bilan maxsus komissiya shug‘ullanmoqda. O‘zbekistonning har bir fuqarosi xalqimizning tarixiy, madaniy, huquqiy boyliklari xazinasini ko‘z qorachig‘idek asrashi, uni kelgusi avlodlarga yetkazib berishni o‘zi uchun farz, ham qarz deb his qilishi zarur.
(123 so‘z)
Do'stlaringiz bilan baham: |