133 so 'z Go'zallikta'rifi


Download 99 Kb.
bet19/23
Sana10.11.2021
Hajmi99 Kb.
#172965
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Диктантлар рейтинг учун 28 бет 28 вариант бар

Jamol Kamol

Qatrada olam mujassam Buyuk ingliz adibi Vilyam Shekspirning o‘lmas ijodi namunalarini mutolaa qilar ekansiz, ulardagi olamshumul g‘oyalar, ummondek hadsiz va bo‘hrondek shiddatli ehtiroslar, ezgulik va razillikning hayot-mamot kurashi sizni sehrlamay qolmaydi. Daho dramaturg va shoir nazmiy va nasriy asarlarida g‘oyat mahorat bilan qalamga olgan tarixiy voqealar, siyosiy va huquqiy muammolar, murakkab insoniy munosabatlar adabiyot ixlosmandlarini girdobiga tortishi shubhasizdir.

Sinchkov o‘quvchi ayni paytda V.Shekspir tomonidan bitilgan satrlarda quyosh shu’lasida nogahon tovlangan olmos qirralaridek “yarq” etadigan so‘zlarni uchratib, o‘zgacha zavq-shavq oladi.

V.Shekspirning so‘z boyligi hayratga solmay qolmaydi. Tadqiqotchilar uning ingliz tilini rivojlantirishga qo‘shgan beqiyos hissasini yakdillik bilan ta’kidlaydilar. Shu bilan bir qatorda, u “qatrada olamni mujassamlashtirish” qudratiga ega adib ekanligi yaxshi ma’lum. Buyuk ingliz shoiri va dramaturgi asarlaridagi quyma, serma’no jumlalar allaqachon maqol va matallarga aylanib ulgurgan.

(125 so‘z)

Toshkent

Toshkent - mustaqil O‘zbekiston Respublikasining poytaxti. Bu go‘zal shahar MDHda eng chiroyli shaharlardan biri hisoblanadi. Poytaxt shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorgohi joylashgan. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlari, ijroiya hokimiyatning markaziy organlari, ya’ni respublika vazirliklari va davlat qo‘mitalari faoliyat ko‘rsatadi. Poytaxt xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik vakolatxonalari joylashgan maskandir.

Toshkent - qadimiy, ikki ming yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan yirik shahar. Tarixiy manbalarda uning nomi “Choch”, “Shosh”, “Shoshkent”, “Madinat-ash Shosh”, “Binkat” va “Tarkan” shakllarida uchraydi. Shaharning Toshkent deb atalishi dastlab X-X1 asrning mashhur olimlari Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshg‘ariy asarlarida tilga olinadi.

Zamonaviy Toshkentning umumiy maydoni 25 ming gektarni tashkil etadi. Toshkent aholisining soni jihatdan MDH davlatlari ichida Moskva, Sankt- Peterburg va Kiyevdan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.

(130 so‘z)


Biznes nima?

“Biznes” so‘zi birinchi marta XVIII - XIX asrlarda paydo bo‘lgan. Amerika lug‘atlarida “biznes” tushunchasi insonning erkinligi va tirikchiligini ta’minlovchi tijorat faoliyati deb talqin qilinadi.

Biznes - bu insonning daromad olib, hayot kechiradigan vositasi.

Ibtidoiy jamoa davrida odamlar o‘zining va jamoasining foydasi uchun baliqni teriga almashtirib biznes qilishar edi.

Bir tovarning ikkinchi tovarga almashtirilishidan boshlab bank, ombor, zavod, birja, dilerlar, biznesmenlar bilan bog‘liq tarmoqlangan faoliyatga aylandi. Shu bilan birga, ma’lum bir shaxsga tegishli kapitalning maqsadli ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan turli faoliyat biznes deb ataladi.

Biznesmen o‘zining faoliyatida yollanma ishchilar va xizmatchilarning mehnatidan foydalanadi. Mustahkam va kuchli biznesga ega bo‘lish uchun tadbirkorlik xususiyatiga va biznes bilan bog‘liq bo‘lgan predmet haqida chuqur bilimga ega bo‘lish kerak. Biznesmen tovarni kim uchun va nima uchun ishlab chiqarayotganini, kimga va qanday sotishni, sotishdan tushgan tushumni nimaga sarflashni aniq bilishi kerak.

(134 so‘z)


Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling