133 so 'z Go'zallikta'rifi


Tergovchilik - qiyin kasb


Download 99 Kb.
bet20/23
Sana10.11.2021
Hajmi99 Kb.
#172965
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Диктантлар рейтинг учун 28 бет 28 вариант бар

Tergovchilik - qiyin kasb

Tergovchilik kasbi juda mas’uliyatli bo‘lib, u chin yurakdan va aql bilan ishlashni talab qiladi. Tergovchi ishga tortilgan har bir insonning taqdiriga xolislik bilan yondashadi, uning xatti-harakatlarini puxta tekshiradi.

Modomiki, insonning “aybi tasdiqlanmagan va sud bo‘lib o‘tmagan ekan, u jinoyatchi hisoblanmaydi. Shuning uchun ishdagi barcha nozik jihatlarni o‘ylab puxta tekshirish tergovchiga tergovni mantiqiy nihoyasiga yetkazish, haqiqatni aniqlash imkonini beradi. Kimki tergov amaliyoti bilan tanish bo‘lsa, bu ish nihoyatda og‘ir va mas’uliyatli ish ekanligini anglab yetadi. Jinoyatni tez va samarali fosh etish uchun maxsus guruhlar tashkil etiladi. Ularga jinoyat qidiruv inspektori yoki iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash inspektori (jinoyat xarakteriga bog‘liq ravishda), ekspert - kriminalistlar (agar bunga zarurat bo‘lsa), sud - tibbiyot ekspertlari, kinologlar hamkorlik qiladilar. Ularning barchasi qat’iy belgilangan ma’lum vazifalarni bajaradilar. Har bir xodim jinoyatni o‘zi yaxshi biladigan u yoki bu soha bo‘yicha ochib berish yuzasidan ishlaydi. Har kim o‘zi uchun javob beradi.

(142 so‘z)




Vaqt qadri

Tarixda mangu yashagan inson bo‘lmagan. Shuning uchun inson yashashga intilishi kerak. Yashashga intilish bu vaqtni qadrlash, har bir kunni iloji boricha mehnat va foydali ishlarga sarflashdan iborat. Vaqtni yo‘qotish, vaqtni behuda o‘tkazish - dahshatlarning dahshatlisi bo‘lib, u insoniyatga tabiiy ofatlar va epidemiyalardan ham kattaroq zarar keltiradi. Hayotga endigina qadam qo‘yayotgan inson o‘zining tabiiy tajribasizligi tufayli vaqtga e’tiborsiz munosabatda bo‘ladi. O‘zini yaqindagina tug‘ilgan, hali oldinda oxiri ko‘rinmaydigan bepoyon hayot yo‘li turgandek his qiladi. Quyidagi oddiy ma’lumot kamdan kam odamning o‘y- xayoliga keladi.

Aytaylik, bir odam 70 yil, ya’ni 25567 kun yashaydi. Tarixga nazar tashlasak, buyuk shaxslarning aksariyati buncha yil yashamaganlar. Holbuki, bu tarix nuqtayi nazaridan juda kichik vaqt. Inson uchun tabiatdan berilgan ana shu vaqtga uyqu, kasallik va dangasalik deb ataluvchi uch dushman o‘z hukmini o‘tkazmoqchi bo‘ladi.

(126 so‘z)





Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling