14- mavzu. Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari
Download 66.06 Kb.
|
14- Mavzu. Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari. Estetik anglash, estetik faoliyat va estetik kategoriyalar
Estetik ob’ekt – insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishgan, bevosita idrok etish ob’ektiga aylangan, odamlarning estetik ehtiyojlarini qondirishga hizmat qiladigan voqelikning xilma-xil ko‘rinishlaridan iborat.
Estetik ob’ektni anglovchi estetik sub’ekt INSONdir. Estetik ong estetik ob’ekt va estetik sub’ekt o‘rtasidagi munosabat doirasida yuzaga kelib, shakllandi. Estetik ong ham ijtimoiy ong shakllaridan biri. Estetik ong ob’ektiv dunyoga nisbatan inson estetik munosabatning sub’ektiv tomonidir. Estetik ong – ma’naviy-ruhiy voqea-xodislar majmui, u ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan estetik – xis, did, fikr, orzu, qarash, nazariya tizimini anglatadi. Estetik ong ijtimoiy hayot bilan birga o‘zgarib, takomillashib, rivojlanib boradi. Estetik ong nisbiy mustaqillikka ega. Estetik ong ijtimoiy ongning ba’zi shakllaridan orqada qolishi mumkin. Masalan ijtimoiy hayotda siyosiy yetuklikning yuksak darajasiga ko‘tarilgan, lekin estetik didi orqada qolgan, turli sohta «badiiy» mahsulotni bemalol iste’mol qilaveradigan odamlarni ko‘plab uchratish mumkin. Bu holat kishilar dunyoqarashiga salbiy ta’sir o‘tkazadi, natijada I.Karimov «Fidokor» gazetasi muhbiri savollariga javoblarida ta’kidlanganidek, buzg‘unchi, vayronkor g‘oya va mafkura ta’siriga tushib qoladi. Estetik ongning nisbiy mustaqilligi ko‘rinishlaridan biri vorisiylikdir. Estetik ong ya’ni estetik qarash, g‘oya, nazariyalar jamiyatning o‘zidan oldingi estetik va badiiy ongi zahirasining davomi sifatida amal qiladi. Estetik ong vorisiyligi o‘tmishdagi estetik qarashlar, g‘oyalar, nazariyalardagi kelgusi taraqqiyot uchun xizmat qiladigan, ijobiy boyliklarni saqlab-asrashni, ularni muayyan davr ongiga singdirib yuborishdir. Estetik ong ijtimoiy hayot in’ikosi bo‘lib, u jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib, har tomonlama ta’sir o‘tkazadi. Jamiyat taraqqiyotida estetik did, orzu va qarashlardan chetda bo‘lgan biror jabha, narsa, xodisa yo‘q. Estetik ong badiiy ong bilan chambarchas bog‘liq. Estetik ong voqelikni butun borlig‘icha idrok etib, qayta ishlash jarayonida vujudga kelsa, badiiy ong san’atni yaratish va idrok etish jarayonida namoyon bo‘ladi. Badiiy ong badiiy asarlar tizimida ifodalansa, estetik ongning aks etishi ko‘lami ancha kengdir. U inson moddiy va ma’naviy madaniyatining barcha qadriyatlarida ifoda topadi. Jamiyatning estetik ongi murakkab tuzilishga ega: estetik his, estetik orzu, estetik qarash va estetik nazariyalar. Download 66.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling