14- mavzu. Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari


Estetika kategoriyalarining tasnifi


Download 66.06 Kb.
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi66.06 Kb.
#1571911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14- Mavzu. Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari. Estetik anglash, estetik faoliyat va estetik kategoriyalar

Estetika kategoriyalarining tasnifi. Har bir fanning muayyan tadqiqot obekti bo‘lib, bu obekt tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo‘ladi. Ma’lumki, dialektikaning biror-bir kategoriyasini voqelikdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki, bu kate­goriyalar (yaxlitlik, qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va h.k) insonni o‘rab turgan olamda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to‘g‘ri tahlil etishga ko‘mak beradi. Estetika ham falsafiy fan sifatida o‘zining qonun va kategoriyalariga ega. Estetika kategoriyalari (go‘zallik, hu­nuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k.)inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi.
Bugungi kunda go‘zallik – ulug‘vorlik – fojiaviylik – kulgililik; estetik ideal – estetik did – estetik tuyg‘u; san’at – badiiy obraz – ijodkorlik ko‘rinishdagi tizim estetika fanining kategoriyalar tasnifida kengroq qo‘llanilmoqda.
«Go‘zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror–bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go‘zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo‘lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g‘oyalar, yaratilgan ta’limotlar o‘zining salmog‘i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy–jismoniy, axloqiy–estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro‘y berayotgan ijtimoiy–ma’naviy, siyosiy–iqtisodiy jarayonlar go‘zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, go‘zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga «Go‘zallik nima?» degan savol qo‘yiladi–yu, ammo ularning aksariyatida «Nima go‘zal?» degan javobni ko‘ramiz. Shuning uchun ham odatda, go‘zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go‘zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog‘liq bo‘lmagan xolda yuzaga keladigan go‘zallik. Birinchisida aql, ruh va xissiyot ustuvor bo‘lsa, ikkinchisida makon va zamon salmoqli o‘rinni egallaydi.
Go‘zallikning namoyon bo‘lishi, shakllanishi va xis etilishida muayyan unsurlar mezoniy vazifasini o‘taydi. Bular - me’yor, maqsadga muvofiqlik, tartiblilik, uyg‘unlik, hamoxanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, mutanosiblik, tenglik va hokazo. Mazkur tushunchalar narsa–hodisalarda bevosita yoki bilvosita ishtirok etib, undagi go‘zallikni namoyon ettiradi.
Go‘zallik sifatlari tug‘yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo‘jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi. Go‘zallikning xususiyatlariesa qulaylik, manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Unsurlar, sifatlar va xususiyatlar uyg‘un bo‘lgan narsa–hodisalargina chinakam go‘zallikni aks ettirishi mumkin. Zero, chiroyli narsaning sifati bizning manfaatimiz uchun hamoxang bo‘lmasa yoki bizning maqsadlarimizga mos kelmasa u har qancha maftunkor bo‘lmasin go‘zallik sifatida baxolanmaydi.
Shu o‘rinda go‘zallik tushunchasi «chiroyli», «ko‘rkam», «nafis», «jozibador», «maftunkor», «latofatli» kabi tushunchalarga nisbatan kengqamrovli va ustuvor ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, go‘zallik bilan kundalik turmushimizda tez–tez tilga olinadigan «chiroylilik» tushunchasi orasida muayyan tafovutlar mavjud.
Chiroylilik – narsalarning tashqi ko‘rinishini, holatini, bajarilgan ish yoki qilingan harakatdagi o‘zaro hamohanglikni ifodalovchi tushuncha. Chi­roylilik insonlarda yoqimli taassurot qoldiradi, ammo ayni bir paytda o‘sha chiroyli bo‘lgan narsa–hodisa yoqimsiz holatlarni ham vujudga keltiradi.
Inson go‘zalligi. Insondagi go‘zallik aksariyat xollarda uning xulqi, odobi, axloqi va fazilatlari bilan belgilab kelinadi. Avval ham bugun ham inson borliq – jamiyat – texnika o‘r­tasidagi munosabat masalasi ko‘plab ilmiy sohalarning tadqiqot ob’ekti bo‘lib kelmoqda. Nafosat falsafasi inson go‘zalligining mohiyatiga doir muammolarni tadqiq etishni o‘zining muhim vazifasi qilib belgilaydi.
Estetik tafakkur tarixida inson go‘zalligi jism (tana) va ruhiyat masalalari bilan izohlangan. Bu boradagi fikr–mulohazalarning asosida insonning tashqi ko‘rinishi hamda axloqiy fazilatlariga bo‘lgan munosabat masalasi yotadi.
Bir so‘z bilan aytganda, go‘zallik – ma’naviy va moddiy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda aha­miyat kasb etuvchi hamda narsa–hodisalarning uyg‘unligi, hamohangligi, mutanosib­ligi, maqsadga muvofiqligiga asoslangan qadriyatdir.
Go‘zallikka qarama-qarshi bo‘lgan xunuklikni go‘zallikning aksi deb yuritamiz. Biroq, bunday yondashuvda qisman noaniqlik bor. Chunki uyqash va bir–biriga yaqin, yoki bir–birining aksi bo‘lgan tushunchalardagi unsurlar u yoki bu ko‘rinishda har ikkala tushunchada ham ishtirok etishi mumkin.
Gohida shakl va mazmun go‘zalligi bir-birini dialektik tarzda inkor etadi. Shunday bo‘lsa–da, buning ijobiy tomonlari ham mavjud. Chunki, mazmun o‘z vaqtida shaklning kamchiligini ko‘rsatib, uning go‘zallashuviga turtki berib turadi yoki aksincha: ko‘rinishi chiroyli bo‘lgan insonlarning hammasi ham ma’naviyati boy bo‘lmaganidek, yuksak fazilat sohiblarining barchasi ham husn va chiroyda barkamol emaslar. Xunuklik bir paytning o‘zida ham go‘zallikning, ham nafosatdan lazzatlanishning ziddi­dir. Chunki, xunuklik lazzatlanish tuyg‘usi mavjud bo‘lgan jarayondan uzoqroq joyda vujudga keladi; u insonga hayrat baxsh etishdan, uning vujudini forig‘lashdan mahrum.

Download 66.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling