14- mavzu. Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari


Download 66.06 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi66.06 Kb.
#1571911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14- Mavzu. Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari. Estetik anglash, estetik faoliyat va estetik kategoriyalar

Estetikaning amaliy ahamiyati. Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o‘ziga xos amaliy ahamiyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kundalik hayotimizda nafosat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a’zosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo‘lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, estetika jamiyatning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega.
Estetikaning, ayniqsa, badiiy asar ijodkorlari uchun amaliy ahamiyati katta. Chunonchi, biror bir san’at turida ijod qilayotgan san’atkor birinchi galda, ma’lum ma’noda, o‘z sohasining bilimdoni bo‘lishi kerak.
Shuningdek, dizaynchi–injenerlar, atrof–muhitni obodonlashtirish bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar faoliyatiga nafosat ilmining sezilarli ta’siri mavjud.
Yuqorida ko‘rib o‘tganlarimizdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bugungi kun estetika fani oldida ulkan vazifalar turibdi. Zotan biz qurayotgan fuqarolik jamiyatining a’zosi har jihatdan kamol topgan, yuksak nafis did egasi bo‘lmog‘i lozim. Qolaversa, hozirgi mashinasozlikni, aviasozlikni, umuman, sanoatni zamonaviy dizaynsiz tasavvur etish mutlaqo mumkin emas. Bunda bevosita texnika estetikasining ahamiyati katta. Bulardan tashqari, ayniqsa yoshlarning nafosat tarbiyasiga alohida e’tibor berish–zamonning dolzarb talabi bo‘lib qarmoqda. Shu bois «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillaridan biri: «Ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish», deb aniq belgilab qo‘yilgani bejiz emas.
Estetika” haqidagi qarashlar tarixi.Somir. Somir insoniyat tarixidagi hozirgacha bizga ma’lum bo‘lgan ilk qudratli davlat bo‘lgan. Shubhasizki, miloddan avvalgi IV ming yillikda bu davlatning qudrati uning madaniyatida, fuqarolarining badiiy estetik darajasida hamda faoliyatida namoyon bo‘lgan. Somirliklar birinchi bo‘lib yozuvni kashf etdilar va giltaxtachalarga qamish qalamlar bilan ilk rivoyat va ilk nasihatlarni yozib qoldirdilar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hech bir qadimgi madaniyatdan bizning davrimizgacha bu qadar ko‘p sonli yozma hujjatlar yetib kelgan emas.
Bobilon.Bobilon so‘z san’atida «Enuma elish» («Osmonda qachonki...») dostoni, Agushayya, Gilgamesh, Adan, Etana, «Ishtarning qa’rga tushishi» haqidagi epik dostonlar, «Iztirobda qolgan haqgo‘y», «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» singari diniy–falsafiy dostonlar muhim ahamiyatga ega. Ularning hammasidagi asosiy g‘oya – hayot va mamot o‘rtasidagi kurashdan iborat. «Xo‘jayinning qul bilan suhbati», «Tushkunlik haqidagi suhbat» deb atalgan dostonlar ular orasida kulgililik tabiatiga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi.
Misr.Estetik tafakkur taraqqiyotiga Qadimgi Misr madaniyati juda katta hissa qo‘shgan. Barcha qadimgi xalqlar qatori misrliklar ham go‘zallikni hayotda deb bilganlar va uni foydalilik mezoni bilan o‘lchaganlar.
Ma’lumki, Nil daryosi qadimgi Misr farovonligining asosi bo‘lgan. Farovonlik esa, ular fikricha, go‘zallikdir. Shuning uchun misrliklar Nilni ilohiy daryo sifatida talqin etadilar. Qadimgi Misr san’atining juda ko‘p turlari ana shu manfaatli go‘zallik asosida vujudga kelgan.
Avesto”. Bundan 3 ming yil avval qadimgi Xorazmda Spitoma urug‘idan dunyoga kelgan Zardusht «Avesto» gotlarini badiha yo‘li bilan omma orasida qo‘shiq qilib aytgan. Bu turkum she’rlar – «got»larda o‘sha hayotiy lavhalar o‘z aksini topgan. «Got» so‘zi aslida «goh» ya’ni «kuy», «qo‘shiq» degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z mumtoz musiqa merosimizda «Dugoh», «Segoh», «Chorgoh» kabi atamalar tarkibida saqlanib qolgan.
Hindiston. «Veda»–muqaddas bilim, «Rigveda»–alqovlar vedasi demakdir. «Rigveda» o‘sha davr kishisining o‘zi va atrof muhit: ma’budlar, iblislar, devlar, fazo, ijtimoiy turmush axloqiy va estetik qadriyatlar haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi. Buning ustiga «Rigveda» tili keyingi davrda sanskritda yozilgan she’rlar va mumtoz eposlar tilidan ko‘ra, «Avesto» tiliga yaqin. «Rigveda»dagi qator mifologik personajlarning «Avesto»da mavjudligini ham aytib o‘tish lozim: nomlar o‘xshashligidan tortib, syujetlar o‘xshashligigacha uchratish mumkin.
Xitoy. Miloddan avvalgi YII asrdan milodning Y asrigacha bo‘lgan davrda Xitoyda, garchand estetik tafakkur mustaqil fan maqomiga ega bo‘lmasa-da, lekin asosiy falsafiy-estetik tushunchalar shakllangan edi. Biroq, dastlabki nafosatga doir tasavvurlar, g‘oyalar, tushunchalar bundan ancha avval «Shuszin» («Tarixlar kitobi» – miloddan avvalgi XII asr), «Shiszin («Qo‘shiqlar kitobi» – miloddan avvalgi XI–YI asrlar), «Iszi» («O‘zgarishlar kitobi» – miloddan avvalgi YIII–YII asrlar) deb nomlangan yodgorliklarida uchraydi. Ularni eng avvalo, mazkur kitoblardan joy olgan asotirlar–miflarda va she’riy eposlarda ko‘rish mumkin.
Qadimgi Xitoy estetikasida ikki yo‘nalish alohida ajralib turadi. Bular – daochilik va konfutsiychilik. Daochilik yo‘nalishining muhim belgisi,bu–fazo (kosmos) va tabiatning azaliy va abadiy go‘zalligi; jamiyat va inson go‘zalligi darajasi esa ana shu borliq go‘zalligiga qanchalik o‘xshash, yaqin ekanligi bilan belgilanadi. Konfutsiychilik xulqiy go‘zallik muammosini o‘rtaga tashlaydi; axloqiy–estetik ideal uning eng muhim belgisi sanaladi.
Qadimgi yunon mumtoz falsafasi haqida gap ketganda ko‘pgina adabiyotlarda uni go‘yo Yunonistonda o‘z–o‘zidan paydo bo‘lib qolgan aqliy yuksaklik, ya’ni, yunonlarning (ovro‘paliklarning) boshqa irqlarga nisbatan buyukligidan dalolat beruvchi hodisa sifatida talqin etiladi. Lekin, aslida qadimgi Yunoniston fani va madaniyati Eron, Bobilon, qadimgi Misr va qadimgi Hindiston singari Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlardan foydalanib, shu darajaga ko‘tarildi. Qadimgi Sharq yunonlar uchun ulkan maktab vazifasini o‘tadi. Chunonchi, Fales, Pifagor, Demokrit, Heraklit, Suqrot, Aflotun singari allomalar ana shu maktab ta’limotidan bahramand bo‘lib, buyuklikka erishganlar.
Suqrot (miloddan avvalgi 469–399 yillar). U jahon falsafasida birinchi bo‘lib antropologik yondoshuvga asos solgan mutafakkir, ungacha falsafada faqat kosmologik yondoshuv hukmron edi. U diqqatni kosmos–fazoga emas, balki insonga qaratdi, insonni amaliy xatti–harakati, axloqiyligi nuqtai nazaridan o‘rganishga kirishdi.
Aflotun (milodgacha 427–347). Uning estetika borasidagi fikr–mulohazalari asosan «Ion», «Fedr», «Bazm», «Qonunlar», «Davlat» singari asarlarida o‘z ifodasini topgan.
Aflotun Suqrotdan farqli o‘laroq, g‘oyalar muammosini o‘rtaga tashlaydi. Uning nazdida asl borliq ana shu g‘oyalardan iborat. Umumiy tushunchalar qancha bo‘lsa, g‘oyalar ham shuncha. G‘oyalarning o‘rni narsalarga nisbatan birlamchi; avvalo g‘oyalar, undan keyin narsalar. Atrof–tevarakdagi his etiluvchi narsalar hissiyotdan yuksak turuvchi g‘oyalarning in’ikosidir. Aflotunning fikriga ko‘ra, asl go‘zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo‘lmaydi, u g‘oyalar olamiga taalluqli.
Arastu (milodgacha 384–322). Uning asosan «Xitoba» («Ritorika»), «Siyosat», ayniqsa «She’riyat san’ati» («Poetika») asarlarida estetika muammolari o‘rtaga tashlangan.
Arastu go‘zallik masalasini o‘z tadqiqotlari markaziga qo‘yadi. U go‘zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko‘radi. Go‘zallikning nisbatan yuksak ifodasi esa, tirik jonzotlarda, ayniqsa, insonda namoyon bo‘ladi. Go‘zallikning yana bir belgisi, Arastu fikriga ko‘ra, miqdorning cheklanganligi. «Jonsiz narsalar kabi jonli mavjudotlar ham hajman oson ilg‘ab olinadigan bo‘lishlari kerak, deydi faylasuf – Shunga o‘xshash fabula ham oson esda qoladigan cho‘ziqlikka ega bo‘lishi shart».
Antik dunyo mumtoz estetikasi yo‘nalishlari va g‘oyalarini O‘rta asrlar Musulmon Sharqi mutafakkirlari davom ettirdilar. Ular qadimgi Yunon faylasuflari va olimlari asarlarini sharhladilar, tanqidiy o‘rgandilar, tarjima qildilar. Arastuni esa ular «Birinchi muallim» deb atadilar. Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: nima uchun ajdodlarimiz o‘zimizning Sharqqa, deylik, qadimgi Xitoyga emas, Ovro‘paga–yunonlarga murojaat qildilar?

Download 66.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling