14- mavzu. Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari
Download 66.06 Kb.
|
14- Mavzu. Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari. Estetik anglash, estetik faoliyat va estetik kategoriyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Estetik orzu
Estetik xis-tuyg‘ular inson ongning ajralmas qismi, uning poydevori hisoblanadi. Estetik his-tuygular necha ming yillar davomida inson tomonidan nafosatning tabiiy-sharoitlarini o‘zlashtirishi jarayonida shakllangan. Estetik his-tuyg‘ular murakkab tuzilishga ega; nafosat, hamohanglik, ohang, shakl, uyg‘unlik, moslik, shodlik, hayratlanish, ajablanish, rohatlanish, xuzurlanish, lazzatlanish, ehtirom, zavq-shavq, nafrat kabi tushunchalarni qamrab oladi.
Nafosat, olijanoblik, fojia va kulgi his-tuyg‘ulari eng murakkab hamda turg‘un his-tuyg‘ulardir. Estetik xis-tuyg‘ular kechinmalar jarayoni sifatida sodir bo‘ladi. Kechinmalarning yakuni estetik xuzurlanish va lazzatlanish sanaladi. Estetik huzurlanish va lazzatlanish insonning umumiy, doim ijobiy sezgi holati bo‘lib, o‘z qilgan va qilayotgan ishi natijalaridan qoniqish xosil qilishdir. Bu inson faoliyati faolligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, biror kimsaga yaxshilik qilish, yordam berishdan lazzatlanish. Talaba yaxshi o‘qishi, a’lo baho olishi, do‘stiga yordam berishi, boshiga musibat tushsa hamdardlik qilishidan o‘zida qoniqish hissini tuyushi xuzurlanish va lazzatlanish his-tuyg‘usini tug‘diradi… Estetik his-tuyg‘ularni rivojlantirish insonda estetik didni tarbiyalaydi. Estetik did murakkab va ko‘pqirrali. Did odamlarning ayrim sohalar – fan, texnika, hunarga moyilliklari. Masalan, Buning texnikaga didi baland, deyishadi. Kishilarda ayni estetik didni shakllantirish estetik tarbiya vazifalaridan biridir. Estetik didi rivojlanmagan kishi salbiy voqea-hodislarga loqayd bo‘ladi. Shuning uchun ota-onalar ayrimlarga nisbatan «diding bormi o‘zi, shuni ham uddalay olmaysan» mazmunida tanbeh beradilar. Didi bor odam ozoda, tartibli bo‘ladi va buni boshqalardan ham talab qiladi. Auditoriyada didsiz talaba xona, doska holatiga razm solmaydi… Estetik orzu voqelik bag‘rida yotgan imkoniyatlarning ma’naviy-ruhiy in’ikosi. Orzu insonning xohish-istagi bo‘lib, kelajakda yana nimalar bo‘lishi lozim va bo‘lishi mumkinligini ifodalaydi. Xalqimizda «Orzuga ayb yo‘q» iborasi bor. Ammo u qanday bo‘lishi kerakligi muhim masala. Ya’ni ezgu, ijobiy narsalarni orzu, niyat qilish muhim… U yoki bu estetik hodisaga oid g‘oya, tushuncha, ta’limot, qarash va nazariyalar ham estetik ongning tarkibiy qismiga kiradi. Estetik nazariya – bu estetik ob’ektni butunlay qamrab oladigan tamoyil, qarash, tushuncha, qoida, bilimlar tizimidir. Download 66.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling