14-ma’ruza. Binolarni rekonstruksiyhlash texnologiyasi ma’ruza rejasi


Qurilish konstruksiyalarini ajratish va buzish. Konstruksiyalarni kuchaytirish


Download 0.53 Mb.
bet2/4
Sana09.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1447856
1   2   3   4
Bog'liq
14-mavzu (1)

2. Qurilish konstruksiyalarini ajratish va buzish. Konstruksiyalarni kuchaytirish.
Qurilish konstruksiyalarini ajratish va buzish ishlari ko‘p mehnat talab qilinadigan, ayrim hollarda u ob’ekt rekonstruksiyaning umumiy davomiyligini belgilaydi.
Ajratish deganda binoni qandaydir bo‘lagi yoki barcha konstruktiv elementlarini o‘z o‘rnida qayta foydalanish mumkinligini hisobga olib shikast yetkazmay olib tashlash tushuniladi.
Konstruksiyalarni buzib olib tashlash ulardan o‘z o‘rnida foydalanish imkoniyatini bermaydi.
Rekonstruksiya qilinayotgan binoning xajmiy-rejaviy yechimlari o‘zgartirilsa, hamda ayrim konstruksiyalar almashtirilsa, qisman ajratish, buzish ishlari olib boriladi.
Konstruksiyalarni butunlay ajratish va buzish bino va inshootlarni olib tashlashda yoki rekonstruksiya ishlari katta xajmda bo‘lsa bajariladi.
Qurilish konstruksiyalarini ajratish, buzish usullarini tanlashga rekonstruksiyalanayotgan ob’ektning xajmiy-rejaviy, konstruktiv yechimlari; rekonstruksiya ishlarning korxonaning asosiy faoliyati bilan kirishishi, hamda uning ish rejimi, ish bajarish muddatlari; mehnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi talablari; yaroqli va qayta foydalanadigan materiallarning chiqish darajasi yetarli darajada ta’sir etadi.
Qurilish konstruksiyalarini ajratish, buzish ishlarini imkoniyat bo‘lsa ishlab chiqarish to‘xtatilgangacha bajarish tavsiya etiladi. Ishlar boshlangungacha barcha ichki elektr ta’minoti, injenerlik tarmoqlarini, vodoprovod, isitish tarmoqlarini va boshqalarni ishonchli o‘chirish lozim.
Qurilish konstruksiyalari alohida element bo‘yicha yoki yirik bloklar bo‘yicha ajratiladi.
Alohida element bo‘yicha ajratish ishlari qo‘lda yoki
mexanizatsiyalashgan instrument bilan bajariladi. G‘isht, beton va temirbeton konstruksiyalar qachonki mexanizmlarni qo‘llash imkoniyati bo‘lmasa qo‘lda ajratiladi (21.1- rasm).
Yirik bloklar bo‘yicha ajratilganda mehnat sarfi va ish bajarish muddati qisqaradi, hamda mehnat xavfsizligi va madaniyati oshadi.
Yuqori darajada fizik eskirish natijasida konstruksiyani ajratish imkoniyati bo‘lmasa va ish muddatini qisqartirish uchun konstruksiyalar buziladi. Buning uchun qisman yoki butunlay buzish usullari qo‘llanib, bunda materiallarga mexanik, termik va portlatish ta’siri ko‘rsatiladi.

21.1-rasm. Tomni ajratish ketma-ketligi:
a – bir nishabli; b – ikki nishabli; v – osilib turadigan stropila; g – stropila fermasining yopmaga tushirish tartibi; 1-7- elementlarni olish ketmaketligi.
Qisman buzish usulida bino karkasining yirik o‘lchamdagi yig‘ma va monolit konstruksiyalari; alohida ustunlari, to‘sinlar va boshqa elementlari olib tashlanadi. Bunda ulardan foydalanish uchun kichikroq o‘lchamdagi bo‘laklarga bo‘linadi (21.2 -rasm).

21.2-rasm. Devorlarni ajratish:
a – g‘ishtli; b – panelli; v – ilish uchun moslama. 1 – panellar yig‘imi; 2 – metall
maxkamlagichlar yig‘imi; 3 – xarakatlanuvchi vishkalar; 4 – asboblar qutisi; 5 – gaz bilan kesuvchi qurilma; 6 – olinadigan panel; 7 – kran; 8 – kompressor turish joyi; 9 – skoba; 10 – belgilovchi sterjen.
Butunlay buzish usulida o‘zining tavsifi bilan keyinchalik foydalanishga yaroqsiz konstruksiyalar; monolit beton va temir-beton poydevorlar; beton asosi va qalinligi 200 mm ortiq pollar; g‘isht, beton va temir-beton devorlar va pardadevor; temir-beton qavatlararo yopmalar va yopmalar va boshqa elementlar olib tashlanadi. Buning uchun osib qo‘yilgan klin-baba, shar, pnevmo va gidromolotlar impulslivodomet qurilmasi; qo‘l va mexanizatsiyalashgan instrumentlar; portlovchi moddalar; elektrogidravlik qurilmalardan foydalaniladi (21.3- rasm).
Bino va inshootlarni butunlay buzish ko‘pincha portlatish usulida amalga oshiriladi.

21.3-rasm. Konstruksiyalarni buzish:
a – gidromolot bilan; b – osiluvchi qurilma balan; v – ponali yorg‘ich bilan; g – kislorodli uchlik bilan qirqish; d – beton qirqadigan qurilma bilan; ye – elektr gidravlik o‘rg‘ichdan foydalanib.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling