14-ma’ruza. Binolarni rekonstruksiyhlash texnologiyasi ma’ruza rejasi
Download 0.53 Mb.
|
14-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asos gruntlarini kuchaytirish.
- Poydevorlarni kuchaytirish.
Konstruksiyalarni kuchaytirish
Binolarda yangi texnologik qurilmalar o‘rnatilganda qavatlar soni oshirilganda yuklamalarning oshishi natijasida, xamda konstruksiyalar qisman yoki butunlay yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotganda konstruksiyalarni kuchaytirishga to‘g‘ri keladi. Ayrim hollarda konstruksiyalarni kuchaytirish uni yangisiga almashtirishga nisbatan kam sarfli bo‘ladi, chunki yangisini o‘rnatish ishlari ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Konstruksiyalarni kuchaytirish ishlari har-xil darajada korxonaning ish faoliyatini hisobga olgan holda olib boriladi. Bunda binoning hajmiy-rejaviy yechimi va texnologik qurilmalarning joylashishi, ishlarni olib borish sharoiti, xavfsizlik texnikasi talablari e’tiborga olinadi. Asos gruntlarini kuchaytirish. Mavjud bino asosini kuchaytirishda sementlash, silikatlash, termik ishlov berish, elektr silikatlash va sintetik smolalar bilan ishlash usullari qo‘llaniladi. Asosni kuchaytirishning boshqa usullari – bu buroin’eksion ildizsimon qoziq o‘rnatish. Buning uchun poydevor orasidan diametri 89…280 mm, 50...40 m uzunlikda skvajina burg‘ulanib 10...16 mm diametridagi armaturalar tushirilib 3...6 MPa bosimda beton yuboriladi. Poydevorlarni kuchaytirish. Poydevorlarni kuchaytirishda ularning tagini kengaytirish yoki har-xil qoziqlarni o‘rnatish orqali amalga oshiriladi. Poydevor tagi o‘lchamlarini oshirish yuklamalar oshganda, asosdagi gruntlarning yuk ko‘tarish qobiliyati yetarlicha bo‘lmasa, ekspluatatsiya davrida poydevorga jiddiy shikast yetgan bo‘lsa amalga oshiriladi. Poydevor tagini kengaytirishda temir-beton g‘ilof o‘rnatish, o‘lchamlarini oshirish, qisman yoki butunlay yangi poydevor o‘rnatish usullari qo‘llaniladirasm (21.4 ,21.5 -rasmlar). 21.4-rasm. Poydevorlarni temir beton g‘ilof bilan kuchaytirish: 1 – kuchaytirilayotgan poydevor; 2 – temir beton g‘ilof; 3 – kuchaytirish armaturasi; 4 – kuchaytirilayotgan ustun; 5 – ustun g‘ilofi. 21.5-rasm. Lentasimon poydevorni kengaytirib kuchaytirish: 1 – kuchaytirilayotgan poydevor; 2 – kengaytirish armatura karkasi; 3 – metall quvur; 4 – shpurlar. G‘isht, xarsangtosh, beton va temir-beton poydevorlarni kuchaytirishda ishlarni bajarishning umumiy sxemasida jarayonlar ketmaketligi quyidagicha amalga oshiriladi: yer osti suvining sathini pasaytirish, agar mavjud bo‘lsa; poydevorning ikki tomonidan transheya qazish; poydevor yuzalarini tozalash; poydevor devorida yuk bo‘shatuvchi to‘sin o‘rnatish uchun teshik ochish; •poydevorning kengaytirilgan qismini armaturalash, yaxlit armokarkas hosil qilish; qolip o‘rnatish; beton qorishmasini vibratsiyalab joylash; betonni parvarish qilish va qoliplarni ajratish; gidroizolyatsiya ishlari; bo‘shliqlarni qayta to‘ldirish va otmostka qurish. Poydevorlarni kuchaytirish uzunligi 10...12 m dan ortiq bo‘lmagan uchastkalarga ajratilib bajariladi, keyingi uchastkani betonlash, oldindagi uchastkadan 3 kundan keyin boshlanishi lozim. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling