14-ma’ruza. Binolarni rekonstruksiyhlash texnologiyasi ma’ruza rejasi


G‘isht konstruksiyalarni tuzatish va kuchaytirish


Download 0.53 Mb.
bet4/4
Sana09.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1447856
1   2   3   4
Bog'liq
14-mavzu (1)

G‘isht konstruksiyalarni tuzatish va kuchaytirish. Kuchaytirish ishlari quyidagi amalga oshiriladi: yoriqlarni berkitish; qoplamalar o‘rnatish; shikastlangan uchastkalarni qayta terish; hajmiy turg‘unligini va bikirligini oshirish;
Yoriqlarni berkitishda g‘isht terimidagi yoriqlarga bosim ostida suyuq sementli yoki polimer qorishmani yuborib, g‘ishtlarning umumiy birikishini oshirib uning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshiriladi. Qoplamalar temir beton, suvaladigan va metaldan bo‘lishi mumkin.
Temir beton qoplamalarda yuzalar yaxshilab tozalanib, izlar tushiriladi, namlanadi so‘ngra armatura to‘rlari choklarga shtirlar qoqib maxkamlanadi, qolip o‘rnatilib betonlanadi. Betonlash yarusining balandligi 1 m gacha, uchastka uzunligi ikki deraza va eshik o‘rtasidagi devor uzunligiga yoki yaxlit uchastkalarda 3...5 m bo‘lishi mumkin. Temirbeton qoplama o‘rnatishning boshqa usuli torkretlash. Torkret beton bevosita g‘isht terimiga, armaturaga 2 – 3 sm qalinlikda beton qorishmasini bosim ostida chaplash (21.6-rasm).

21.6 –rasm. G‘isht ustunlarni metall (a), temir beton (b ), suvoqli (v ) qoplama bilan kuchaytirish:
1 – plankalar 3 × 5; 2 – ugolok (burchaklik); 3 – payvand; 4 – sterjenlar Ø 5 ... 12 mm;
5 – xomutlar Ø 4 ... 10 mm; 6 – beton V 12,5 ... V 14; 7 – sterjenlar Ø 6 – 12 mm; 8 – qorishma marka 50 ... 75; 9 – g‘isht terimi;
Qoplama o‘rnatishda suvash usuli xam qo‘llaniladi. Bunda yuzani tayyorlash va armatura o‘rnatish oldingi usullaridagidek amalga oshirilib, so‘ngra 2 – 3 sm qalinlikda bir qancha qatlam sementli qorishmada suvaladi. Xar qaysi suvoq qatlamidan so‘ng 3 sutkagacha suvoq qotishi uchun tanaffus qilinadi.
Metall qoplama 2 ta asosiy elementdan tashkil topib, ikki deraza va eshik o‘rtasidagi devor va ustunlarning burchaklariga sement qorishmaga vertikal o‘rnatiladigan po‘lat ugoloklar va ularni birlashtiruvchi metall tilimli xomutlardan iborat. Metall karkasni korroziyadan saqlash maqsadida sementli qorishma bilan suvab qoplanadi (21.7-rasm).

21.7-rasm. Bo‘shliqlar orasidagi g‘ishtli devorni po‘lat qoplama bilan kuchaytirish: 1 –bo‘shliqlar orasidagi g‘ishtli devor (prostenka); 2 – po‘lat ugolok; 3 – planka; 4 – ko‘ndalang bog‘lovchi.
Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling