14-ma’ruza O‘simliklarda moddalar tashiluvi reja


Download 293.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.01.2023
Hajmi293.05 Kb.
#1142323
  1   2
Bog'liq
14-MA\'RUZA



 
14-ma’ruza 
O‘SIMLIKLARDA MODDALAR TASHILUVI 
Reja 
1. О‘simliklarda uzoq masofali moddalar transporti. 
2. О‘simliklarda yaqin masofali moddalar transporti. 
3. Suv va unda erigan mineral moddalarning tashiluvi. 
4. Organik moddalarni harakatlanish bosqichlari. 
O‘simliklar tanasida sodir bo‘layotgan hayotiy jarayonlarning eng muhim 
ko‘rsatkichlaridan biri moddalarning harakatidir (transporti). Ayrim organlarda 
hosil bo‘lgan yoki shimib olingan birikmalarning boshqa organlarga siljishi, o‘tishi 
va taqsimlanishi natijasida barcha fiziologik jarayonlarning o‘zaro birligi 
ta’minlanadi. Bunday transport o‘z navbatida o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi 
va hosildorlik darajasini tavsiflaydi. 
O‘simliklarda moddalar transporti asosan ikki yo‘nalishda sodir bo‘ladi: 
pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga yo‘naladigan oqimlar mavjud. O‘simliklar 
ildizi orqali qabul qilgan suv va unda erigan mineral moddalarning pastdan 
yuqoriga qarab harakati tanadagi ksilema naylari bo‘ylab sodir bo‘ladi (2.2.-va 
5.5.- bo‘limlarga qarang). Barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik 
moddalar floema naylari bo‘ylab pastga yo‘naladi (66-chizma). 
Oqim yo‘nalishlari ikki xil: yaqin va uzoq masofali xususiyatga ega. Yaqin 
masofali transport hujayra va to‘qimalarda bo‘lib, asosan uch yo‘l orqali amalga 
oshadi. 1. Simplast oqim sitoplazma va plazmodesmalar vositasida harakatlanadi. 
2. Apoplast oqim hujayralarining devori orqali harakatlanadi. 3. uchinchi yo‘l — 
vakuolalar tizimi orqali amalga oshadi. Yaqin masofali transport juda qisqa, hatto 
millimetrlar bilan o‘lchanib, moddalarning barg mezofilidagi, ildiz va poyadagi 
radial trans-portini o‘z ichiga oladi.Uzoq masofali oqim ksilema va floema naylari 
orqali sodir bo‘ladi. Odatda bu naylar o‘simlik tanasidagi hamma qism-larni 
tutashtiradi, natijada organik moddalar bir necha o‘nlab santimetr-dan to o‘nlab 
metrlargacha harakat qiladi (ayniqsa, daraxtlarda). 
Yaqin va uzoq masofali transportlarda vaqt, energiya sarflanadi. 
A.L.Kursanovning (1976) ko‘rsatishicha, organik moddalarning hara-katlanishi bir 
necha bosqichlardan tashkil topgan. Dastlabki bosqichda xloroplastlarda fotosintez 
jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar — sodda birikmalar fosfoglitserin 
kislotasi (FGK), fosfoglitserin aldegidi (FGA), fosfodioksiatsetoni (FDA) yoki 
suvda eriydigan sha-karlar xloroplast membranasi orqali sitoplazmaga o‘tadi. 
Sodda organik birikmalarning xloroplastlardan sitoplazmaga o‘tishi hujayra 
ichidagi yo‘l bo‘lib, yaqin masofali harakatdir (67-chizma). 
Ikkinchi bosqichda sitoplazmaga o‘tgan sodda uglevodlardan fruktoza-
difosfat va fruktozafosfat-glyukoza-fosfat hosil bo‘ladi. Bu moddalarning bir qismi 
hujayra metabolizmi ( nafas olish va boshqa jarayonlar) uchun sarflanadi. Qolgan 
asosiy qismi suvda yaxshi eriydigan glyukozagacha o‘zgaradi va yonma-yon 
joylashgan hujayra-larga simplast, apoplast oqimlar orqali o‘tadi. Bu oqimlar 
oraliqhujayralargacha yetib boradi. Oraliqhujayralar mezofill hujayralari bilan 
elaksimon hujayralar o‘rtasida joylashgan. 



Download 293.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling