14-Ma’ruza O’zgarmas tok qonunlari. Tarmoqlangan zanjirlar. Kirxgof qoidalari. O’zgarmas elektr tokening ishi va quvvati Reja


Elektron emissiya. Termoelektron emissiya


Download 229.5 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi229.5 Kb.
#1562457
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-Ma\'ruza (1)

Elektron emissiya. Termoelektron emissiya.
Metallarda doim yuqori kinetik energiyaga ega bo’lgan erkin elektronlar mavjud. Ularning energiyasi ma’lum kattalikka erishsa, metall sirtini tark etib, uchib chiqishi mumkin.
Metallar sirtidan erkin elektronlarning uchib chiqish hodisasiga elektron emissiya deyiladi.
Metall sirtidan uchib chiqqan elektronlar ma’lum sharoitda yana metalga qaytib tushushi mumkin. Uchib chiqayotgan va qaytib tushayotgan elektronlar orasida muvozanat mavjud.
Elektron emissiya sodir bo’lishi uchun elektron olgan kinetik energiya uning metaldan chiqish ishiga nisbatan katta bo’lishi kerak.
(16.37)
Odatdagi sharoitda elektron emissiya juda zaif bo’ladi. Uning intensivligi bir necha usullar bilan oshiriladi.

  1. Juda katta kuchlanganlik hosil qilish ( ). Bunga “sovuq” emissiya deyiladi.

  2. Metalni juda katta tezlikkacha tezlatilgan elektronlar bilan bombardimon qilish. Bu holda metall sirtiga tushgan har bir elektron bir necha elektronni urib chiqaradi. Bunga ikkilamchi emissiya deyiladi.

  3. Manfiy zaryadlangan meall sirtiga kuchli yorug’lik oqimi tashlash. Bunga fotoemissiya deyiladi.

  4. Metalni yuqori temperaturagacha qizitish. Bunga termoelektron emissiya deyiladi.

Termoelektron emissiya kuchli elektronlar oqimini hosil qilishga imkon beradi. U ko’pgina elektron asboblarda ishlatiladi. Jumladan undan elektron-lampalar da foydalaniladi.
E lektron lampaning eng sodda turi diod bo’lib, u havosi so’rib olingan shisha ballon ichiga joylashtirilgan ikkita elektroddan, ya’ni katod va anoddan tashkil topgan.
Diod zanjirga quyidagi sxema bo’yicha ulanadi.
Katodga nakal batareyasi Bn yordamida ma’lum kuchlanish beriladi. Natijada katod qizib, undan elektronlar ajralib chiqadi. Anod batareyasi
Download 229.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling