14-Ma’ruza O’zgarmas tok qonunlari. Tarmoqlangan zanjirlar. Kirxgof qoidalari. O’zgarmas elektr tokening ishi va quvvati Reja


Joul – Lens qonuni. Elektr tokning ishi va quvvati


Download 229.5 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi229.5 Kb.
#1562457
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-Ma\'ruza (1)

Joul – Lens qonuni. Elektr tokning ishi va quvvati.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, elektr toki o’tganida o’tkazgich har doim isiydi. Chunki, o’tkazgich bo’ylab harakatlanayotgan elektronlar kinetik energiyasining bir qismi metall panjara ioni bilan to’qnashish natijasida issilikka aylanadi.
Bu hodisani bir – biridan bexabar ravishda ingliz olimi Joul (1843) va rus olimi Lens (1844) o’rganib, quyidagi qonunni yaratdi.
O’tkazgichdan tok o’tganda undan ajralib chiqqan issiqlik miqdori tok kuchining kvadratiga, o’tkazgichning qarshiligiga va tokning o’tib turish vaqtiga to’g’ri proporsional.
(16.24)
Vaqt birligi ichida o’tkazghichning hajm birligidan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori bilan o’lchanadigan W kattalik issiqlik quvvatining zichligi deyiladi.
(16.25)
bundan:
(16.26)
bulardan
(16.27)
shuningdek
(16.28)
buni (16.27) ga qo’yamiz:
(16.29)
Om qonunining differensial ko’rinishi
(16.30)
bo‘lgani uchun
(16.31)
hosil bo’ladi. Bu ifoda Joul – Lens qonunining differensial ko’rinishidir.
O’tkazgichning solishtirma qarshiligi qancha katta bo’lsa, undan shuncha ko’p issiqlik ajraladi.
O’zgarmas tokning bajargan ishini quyidagicha yozish mumkin.
(16.32)
Quvvati esa quyidagicha aniqlanadi.
(16.33)
Elektrotexnikada tok ishining sistemaga kirmaydigan birliklari lar ham ishlatiladi.


Tarmoqlangan zanjirlar. Kirxgof qoidalari.
Tarmoqlanmagan, ya’ni oddiy zanjirning barcha qismlarida tok kuchi bir xil bo’ladi. Unday zanjirni Om qonuni yordamida oson hisoblash mumkin.
T armoqlangan zanjirlar esa ancha murakkab bo‘lib, ular bir nechta berk zanjirlaridan tuzilgan bo’ladi.
Zanjirning uchtadan kam bo’lmagan o’tkazgichlar birlashadigan nuqtalariga tarmoqlanish tugunlari deyiladi (A).
Tarmoqlangan zanjirlarni nemis olimi Kirxgof o’rganib, quyidagi qoidalari aniqladi:
1) Tarmoqlanish tugunida toklarning algebraik yig’indisi nolga teng
(16.34)
Masalan, A tugun uchun bu qoidani yozamiz.
(16.35)
2) Tarmoqlangan zanjirning berk konturiga tok manbalarining elektr yurutuvchi kuchlarining algebraik yig’indisi tok kuchining bu konturning tegishli qismlari qarshiliklariga bo’lgan ko’paytmalarining algebraik yig’indisiga teng.
(16.36)
Tarmoqlangan zanjirlar Kirxgof qoidalari yordamida oson hisoblanadi.
Masalan, Kirxgof qoidalari yordamida o’zaro parallel ulangan murakkab zanjirlarning qarshiligini hisoblash, Uitson ko’prigi yordamida no’malum qarshilikni aniqlash mumkin.

Download 229.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling