BA orqali anodga berilgan musbat potensial ta’sirida bu elektronlar anodga tomon harakat qilib, IA anod tokini hosil qiladi.
Katod chiqish ishi kichik bo’lgan bariy, stronsiy kabi metallardan yasaladi.
Anod kuchlanishi UA ortgani sari anod toki IA ham orta boradi. Lekin, kuchlanishning biror Um qiymatidan boshlab, anod toki maksimal Im qiymatiga erishadi. Anod tokining bu qiymatiga tuyinish toki deyiladi. Buni quyidagi grafikda ko’rish mumkin.
G rafikning OC qismi uchun Boguslavskiy – Lengmyur qonuni bajariladi.
(16.38)
bu yerda B–elektrodning shakliga, o’lchamiga va o’zaro joylashishiga bog’liq bo’lgan konstanta.
To’yinish tokining qiymatini oshirish uchun katodning temperaturasini oshirish kerak. To’yinish tokining katod temperaturasiga bog’liqligini Richardson formulasi ifodalaydi.
(16.39)
bu yerda S- katod yuzasi, T-katod temperaturasi, A – elektronning chiqish ishi, K – Boltsman doimiysi, C – emissiya doimiysi.
D iod bir tomonlama o’tkazish xususiyatiga ega bo’lgani uchun undan o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirishda, ya’ni to’g’rilagich sifatida foydalaniladi.
Uch elektrodli lampaga Triod deyiladi. Unda katod va anod orasiga uchinchi elektrod-to’r joylashtiriladi. To’r anoddan ko’ra katodga yaqin turgani uchun to’r kuchlanishining anod tokiga ta’siri anod kuchlanishining ta’siridan katta bo’ladi. Shu tufayli to’r kuchlanishining kichik miqdorga o’zgarishi ham anod tokining ancha katta miqdorga o’zgarishiga olib keladi.
Triodning bu xususiyati undan kuchaytirgich sifatida foydalanishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |