14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik


XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi


Download 95.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana10.11.2023
Hajmi95.85 Kb.
#1761192
1   2   3   4   5   6   7   8   9
XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi 
XIX asrning boshlariga kelib, tilshunoslikka alohida fan sifatida qarash 
g‘oyasi qat‘iy tus oldi. Ushbu asrning 1-choragida turli tillar haqida dalillar yig‘ish, 
to‘plangan ma‘lumotlarni qiyosiy-tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilish avj oldi. 
Olimlar ancha oldin ayrim tillar o‘rtasida o‘xshashlik borligiga e‘tibor qaratgan 
bo‘lsalar-da, ushbu o‘xshashliklarning asl sababalari ilmiy jihatdan yoritilmagan 
edi. Aynan XIX asrga kelib, deyarli bir vaqtda turli mamlakatdardagi tilshunoslar 
tillar o‘rtasidagi sistematik o‘xshashlikni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalari
ya‘ni tillar bir umumiy bobotildan kelib chiqqanligi, keyinchalik esa ularning har 
biri mustaqil rivojlanganligi bilangina tushuntirish mumkin, degan xulosaga 
keldilar. Bunga tilni tarixiylik jihatidan o‘rganish, xususan, jonli tillarning 
o‘tmishini o‘rganish, sanskrit bilan yaqindan tanishish katta turtki bo‘ldi.
Tillarni tarixiy jihatdan o‘rganish va qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning maydonga 
kelishida ingliz sharqshunosi va huquqshunosi Vilyam Jonsning (1746-1794) 
sanskrit tili bilan yunon va lotin tillari o‘rtasida yaqinlik borligi haqidagi fikrlari, 
nemis olimi Fridrix Shlegel (1772-1829) tomonidan yaratilgan ―Hindlarning tili 
va donoligi‖ asari zamin bo‘lib xizmat qildi. Ushbu asarda sanskrit tilining nafaqat 


lug‘at tarkibi jihatidan, balki grammatik tuzilishi jihatidan ham lotin, grek, german 
va fors tillariga qarindosh ekanligi, ularning bir umumiy asosdan kelib chiqqanligi 
qayd etilgan edi. Bu juda ko‘p jonli va qadimiy tillarni tarixiy va qiyosiy jihatdan 
o‘rganilishiga va qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishiga, ayni paytda tilshunoslik 
fanining ham tarixiy, ham ilmiytarixiy nuqtai nazardan mustahkam asosga ega 
bo‘lishiga olib keldi.
Qiyosiy-tarixiy metod o‘z oldiga qarindosh tillarni qiyoslash orqali o‘rganish 
hamda u yoki bu tilning tarixini, unda yuz bergan o‘zgarishlarni, til taraqqiyotidagi 
qonuniyatlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish vazifalarini qo‘yadi. Ushbu metodning 
yaratilishida 
Frans 
Bopp, 
Rasmus 
Rask, 
Yakob 
Grimm, 
Aleksandr 
Vostokovlarning xizmatlari nihoyatda katta bo‘ldi. Ularning ijodiy izlanishlari 
natijasida Hind-Yevropa tillari deyarli to‘liq o‘rganildi. Bu jarayon 4 davrga 
bo‘linadi:

Download 95.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling