14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik


•  Til - ijtimoiy, umumiy, nutq esa individual hodisa •


Download 95.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana10.11.2023
Hajmi95.85 Kb.
#1761192
1   2   3   4   5   6   7   8   9
• 
Til - ijtimoiy, umumiy, nutq esa individual hodisa
• 
Til sistem, nutq esa asistem hodisa


• 
Til potensial (yashirin imkoniyat), nutq esa real voqelik
• 
Til sinxron, nutq esa diaxron, tarixiy hodisa
• 
Til - mohiyat, nutq - hodisa
7. Sossyur til va nutq birliklari orasidagi o‘zaro bog‘lanishni paradigmatik va 
sintagmatik munosabatga ajratadi. Paradigmatik munosabat til birliklarining bir 
paradigmaga, masalan, so‘zlarning vertikal yo‘nalishda turlanish yoki tuslanish 
qatoriga birlashishi va bosh, asosiga ko‘ra farqlanishidir. Masalan, kitob, kitobni, 
kitobning, kitobda, kitobdan so‘zlarining ma‘nosi bosh kelishik shakliga ko‘ra 
olinadi.
Sintagmatik munosabatda esa til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik 
munosabatga kirishishi va gorizontal planda birikmalar hosil qilishi tushuniladi: 
kitobning qadri, kitobni o ‘qish kabi.
Paradigmatik munosabat til birliklarining nutqqacha bo‘lgan til hodisasi bo‘lsa, 
sintagmatik munosabat til birliklarining nutq jarayonidagi mantiqiy munosabatidir 
va u nutq hodisasi sifatida qaraladi.
Xulosa qilib aytganda, XX asr tilshunoslik fanida keskin burilishlar sodir bo‘lgan 
davr bo‘ldi. Yuqorida qayd etilgan oqimlar, mashhur tilshunos olimlarning 
qarashlari va faoliyatlari tilshunoslik fanining keng miqyosda rivojlanishiga sabab 
bo‘ldi. Albatta, bu o‘rinda ayniqsa tilning sistemaliligi, til va nutq dialektikasi, 
tilning ijtimoiyligi g‘oyalarini ilgari surgan Sossyur ta‘limotining ahamiyati 
beqiyos. Sossyur ta‘limoti tilshunoslikda nafaqat sotsiologik lingvistikaning 
yuzaga kelishida, balki bir qator lingvistik maktablar va struktural lingvistikaning 
vujudga kelishida ham muhim omillardan biri bo‘ldi.
Nazorat savollari va topshiriq 
1. Qadimgi Hind tilshunosligi haqida ma’lumot bering 
2. Qadimgi Gretsiya va Rim tilshunosligi haqida ma’lumot bering 
3. Platon va Arastu grammatikasini izohlang 
4. “Yosh grammatikachilar” maktabining maqsadi nimalardan iborat edi? 
5. Moskva va Qozon maktabi haqida nimalarni bilasiz? 
 
Mavzuga oid adabiyotlar 
1. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. - T., 2009.  
2. Yo‘ldoshev I., Muhamedova S., Sharipova O‘., Madjidova R. Tilshunoslik 
asoslari. - T., 2013.  
3. Nurmonov A., Iskandarova Sh. Umumiy tilshunoslik. - T., 2007.  
4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. - T., 2010.  
5. Шарафутдинова Н.С. Теория и история лингвистической науки. - M., 
2007 
 

Download 95.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling