14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik


Vilgelm fon Gumboldt - umumiy tilshunoslikning asoschisi


Download 95.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana10.11.2023
Hajmi95.85 Kb.
#1761192
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Vilgelm fon Gumboldt - umumiy tilshunoslikning asoschisi 
Vilgelm fon Gumboldt (1767-1835) - buyuk nemis filosofi, Berlin 
universiteti asoschisi, siyosatchi va davlat arbobi. U juda ko‘p tillar (bask tilidan 
tortib, polineziya va indeeslarning tillarigacha) haqida ma‘lumotga ega edi. U o‘z 
asarlari va g‘oyalari bilan tilning ilmiy nazariyasini yaratdi va umumiy nazariy 
tilshunoslikka asos soldi.
1820 yilda «Tillar taraqqiyotining turli davrlarida ularni qiyosiy-tarixiy o‘rganish 
haqida» Berlin akademiyasida qilgan ma‘ruzasida til haqida alohida mustaqil fan 
yaratish zarurligi g‘oyasini o‘rtaga tashlaydi va uni asoslab beradi. U tillaming 
mustaqilligini tan olmaydigan, dunyo tillarini mantiqiy jadvallarga majburan 
kiritishga qaratilgan umumiy grammatika - Por-Royal grammatikasini inkor qiladi.
Gumboldt hayotining so‘nggi yillarida yaratgan 3 tomli ―Yava orolidagi kavi tili 
haqida‖(1836-1840) asarining ―Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson 
naslining ma‘naviy taraqqiyotiga ta‘siri‖ deb atalgan kirish qismida o‘zining 
nazariyfalsafiy qarashlarini mukammal bayon etadi. U har bir xalqning tilida o‘sha 
xalqning tarixi, madaniyati va butun ruhiy dunyosi namoyon bo‘lishini ta‘kidlaydi. 
―Til millatning ruhidir‖, deydi u. Olim til va tilga yondosh hodisalar, til bilan 
bog‘liq jarayonlarni dialektik birlikda o‘rganish zarurligi, til hodisalari dialektik 
zidlik asosida qurilganligini bayon etadi va til antinomiyasi haqidagi g‘oyasini 
ilgari suradi. U yaratgan umumiy tilshunoslikni til falsafasi deb atash mumkin.
Gumboldt ta‘limotining eng muhim jihatlari:


- til shakl (forma)dir, u bir-biri bilan aloqador, o‘zaro zidlik asosida bog‘langan 
sistemani tashkil etuvchi nutq tovushlaridan tashkil topadi;
- til formasi moddiy va ruhiy, tashqi va ichki tomonlarning birligidan tashkil 
topadi;
- tilning tashqi formasi uning materiyasi, ya‘ni tovush tizimidir;
- tilning ichki formasi til strukturalarinig tashkil qilinishi bo‘lib, xalq ruhining 
so‘zda ifodalanishidir;
- til so‘z va grammatik qoidalardan iborat, so‘z esa tushunchani ifodalaydigan 
belgi, ramzdir;
- u til va nutqni farqlaydi va so‘zning nutqdagi qiyofasini uning grammatik 
formasi, deb ataydi.
Vilgelm fon Gumboldt ta‘rificha, til murakkab, bir-biriga qarama qarshi bo‘lgan 
sifat va xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir. Shuning uchun ham, 
olimning fikricha tilni o‘rganishda antinomiya (qarama-qarshilik) metodini 
qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Tilning tabiatiga xos asosiy antinomiyalar

Download 95.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling