14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik
XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi
Download 95.85 Kb. Pdf ko'rish
|
XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi
XIX asrning boshlariga kelib, tilshunoslikka alohida fan sifatida qarash g‘oyasi qat‘iy tus oldi. Ushbu asrning 1-choragida turli tillar haqida dalillar yig‘ish, to‘plangan ma‘lumotlarni qiyosiy-tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilish avj oldi. Olimlar ancha oldin ayrim tillar o‘rtasida o‘xshashlik borligiga e‘tibor qaratgan bo‘lsalar-da, ushbu o‘xshashliklarning asl sababalari ilmiy jihatdan yoritilmagan edi. Aynan XIX asrga kelib, deyarli bir vaqtda turli mamlakatdardagi tilshunoslar tillar o‘rtasidagi sistematik o‘xshashlikni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalari, ya‘ni tillar bir umumiy bobotildan kelib chiqqanligi, keyinchalik esa ularning har biri mustaqil rivojlanganligi bilangina tushuntirish mumkin, degan xulosaga keldilar. Bunga tilni tarixiylik jihatidan o‘rganish, xususan, jonli tillarning o‘tmishini o‘rganish, sanskrit bilan yaqindan tanishish katta turtki bo‘ldi. Tillarni tarixiy jihatdan o‘rganish va qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning maydonga kelishida ingliz sharqshunosi va huquqshunosi Vilyam Jonsning (1746-1794) sanskrit tili bilan yunon va lotin tillari o‘rtasida yaqinlik borligi haqidagi fikrlari, nemis olimi Fridrix Shlegel (1772-1829) tomonidan yaratilgan ―Hindlarning tili va donoligi‖ asari zamin bo‘lib xizmat qildi. Ushbu asarda sanskrit tilining nafaqat lug‘at tarkibi jihatidan, balki grammatik tuzilishi jihatidan ham lotin, grek, german va fors tillariga qarindosh ekanligi, ularning bir umumiy asosdan kelib chiqqanligi qayd etilgan edi. Bu juda ko‘p jonli va qadimiy tillarni tarixiy va qiyosiy jihatdan o‘rganilishiga va qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishiga, ayni paytda tilshunoslik fanining ham tarixiy, ham ilmiytarixiy nuqtai nazardan mustahkam asosga ega bo‘lishiga olib keldi. Qiyosiy-tarixiy metod o‘z oldiga qarindosh tillarni qiyoslash orqali o‘rganish hamda u yoki bu tilning tarixini, unda yuz bergan o‘zgarishlarni, til taraqqiyotidagi qonuniyatlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish vazifalarini qo‘yadi. Ushbu metodning yaratilishida Frans Bopp, Rasmus Rask, Yakob Grimm, Aleksandr Vostokovlarning xizmatlari nihoyatda katta bo‘ldi. Ularning ijodiy izlanishlari natijasida Hind-Yevropa tillari deyarli to‘liq o‘rganildi. Bu jarayon 4 davrga bo‘linadi: Download 95.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling