14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik
Download 95.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslikda psixologizm ta’limoti Geyman Shteyntal (1823-1899) - Berlin universiteti professori, V.Gumboldt va psixolog Iogann Gerbertning shogirdi, psixologizm ta‘limotining asosiy namoyandasi. Asarlari: ―Tillarning tasnifi til g‘oyasining taraqqiyoti sifatida‖ (1850), ―Grammatika, mantiq va psixologiya‖ (1851), ―Til qurilishining eng muhim tiplari xarakteristikasi‖(1860), ―Psixologiya va tilshunoslikka kirish‖(1875), ―Falsafa, tarix, psixologiya va ularning o‘zaro munosabati‖ (1863). Tilshunoslikdaga psixologizm oqimi naturalizmni qattiq tanqid ostiga oladi, ular tilning taraqqiyotini shaxs tafakkuri, ruhiyatidagi taraqqiyot bilan bog‘liq deb hisobladilar. Shteyntal ta‘limotidagi eng muhim g‘oya nutq, tilni tafakkur quroli, fikr ifodalash vositasi, deb qaralganligi, biroq psixologizm tilning ijtimoiy hodisa ekanligini inkor qiladi. Aleksandr Afanas‗yevich Potebnya (1835-1891)- rus va ukrain filologi, Rossiyada psixologizm oqimi vakili, Xarkov universiteti professori, Rossiya FA muxbir a‘zosi. Asosiy asarlari: ―Fikr va til‖ (1862), ―Rus grammatikasidan lavhalar‖ (4 tom, 1874) . Potebnya tilshunoslikning umumfalsafiy masalalari, sintaksis, semantika, etimologiya, fonetika, dialektologiya, folklor, etnografiya bilan shug‘ullangan. U tilni xalq ijodi, mahsuli deb hisoblaydi. Til o‘z ob‘ektiv qonuniyatlariga egaligini ta‘kidlaydi, til hodisalarining sababini psixologiyadan emas, balki tilning o‘zidan qidiradi. Uning fikricha, til doimiy faoliyatdir, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi umumiylik har ikkovining bir xalqqa, millatga tegishliligi bilan belgilanadi. Har qanday so‘z 3 elementdan: tovush, tushuncha va ma‘nodan tashkil topadi. Potebnya so‘zning haqiqiy hayoti nutqda amalga oshishini, so‘zning ma‘nosi esa faqat nutqda reallashishini ta‘kidlaydi va so‘zning nutqda har gal turlicha ma‘no ifodalashini qayd etadi. Download 95.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling