14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik
Vilgelm fon Gumboldt - umumiy tilshunoslikning asoschisi
Download 95.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Vilgelm fon Gumboldt - umumiy tilshunoslikning asoschisi
Vilgelm fon Gumboldt (1767-1835) - buyuk nemis filosofi, Berlin universiteti asoschisi, siyosatchi va davlat arbobi. U juda ko‘p tillar (bask tilidan tortib, polineziya va indeeslarning tillarigacha) haqida ma‘lumotga ega edi. U o‘z asarlari va g‘oyalari bilan tilning ilmiy nazariyasini yaratdi va umumiy nazariy tilshunoslikka asos soldi. 1820 yilda «Tillar taraqqiyotining turli davrlarida ularni qiyosiy-tarixiy o‘rganish haqida» Berlin akademiyasida qilgan ma‘ruzasida til haqida alohida mustaqil fan yaratish zarurligi g‘oyasini o‘rtaga tashlaydi va uni asoslab beradi. U tillaming mustaqilligini tan olmaydigan, dunyo tillarini mantiqiy jadvallarga majburan kiritishga qaratilgan umumiy grammatika - Por-Royal grammatikasini inkor qiladi. Gumboldt hayotining so‘nggi yillarida yaratgan 3 tomli ―Yava orolidagi kavi tili haqida‖(1836-1840) asarining ―Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson naslining ma‘naviy taraqqiyotiga ta‘siri‖ deb atalgan kirish qismida o‘zining nazariyfalsafiy qarashlarini mukammal bayon etadi. U har bir xalqning tilida o‘sha xalqning tarixi, madaniyati va butun ruhiy dunyosi namoyon bo‘lishini ta‘kidlaydi. ―Til millatning ruhidir‖, deydi u. Olim til va tilga yondosh hodisalar, til bilan bog‘liq jarayonlarni dialektik birlikda o‘rganish zarurligi, til hodisalari dialektik zidlik asosida qurilganligini bayon etadi va til antinomiyasi haqidagi g‘oyasini ilgari suradi. U yaratgan umumiy tilshunoslikni til falsafasi deb atash mumkin. Gumboldt ta‘limotining eng muhim jihatlari: - til shakl (forma)dir, u bir-biri bilan aloqador, o‘zaro zidlik asosida bog‘langan sistemani tashkil etuvchi nutq tovushlaridan tashkil topadi; - til formasi moddiy va ruhiy, tashqi va ichki tomonlarning birligidan tashkil topadi; - tilning tashqi formasi uning materiyasi, ya‘ni tovush tizimidir; - tilning ichki formasi til strukturalarinig tashkil qilinishi bo‘lib, xalq ruhining so‘zda ifodalanishidir; - til so‘z va grammatik qoidalardan iborat, so‘z esa tushunchani ifodalaydigan belgi, ramzdir; - u til va nutqni farqlaydi va so‘zning nutqdagi qiyofasini uning grammatik formasi, deb ataydi. Vilgelm fon Gumboldt ta‘rificha, til murakkab, bir-biriga qarama qarshi bo‘lgan sifat va xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir. Shuning uchun ham, olimning fikricha tilni o‘rganishda antinomiya (qarama-qarshilik) metodini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Tilning tabiatiga xos asosiy antinomiyalar Download 95.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling